Yevropada transferlar oynasi avjiga çiqqan bir paytda ligalar yanada qizişi turgan gap. Bir qator öyinlarda top-yulduzlarning debyutlari röy bersa, yana ba'zi futbolçilar uçun bu öyinlar sönggi imkoniyat sifatida baholanişi mumkin. Şuningdek, bu haftadan kuçli beşlik ham töliq böladi: Italiya A Seriyasi boşlanmoqda.
«UOTFORD» - «VeST HEM» (24 avgust, 19:00)
Agar haqiqiy APLning jozibasini, heç qaysi boşqa ligalarda körilmaydigan haroratini his qilişni istasangiz, bu öyinni ötkazib yubormang. Top-6 ga har tomonlama yaqinlaşib kelayotgan, öz oldiga ligada qoliş emas, jadvalning yuqori qismidan joy olişni maqsad qiladigan ikki jamoa mavsumdagi ilk ğalabaga erişiş uçun ter tökadilar.
«Uotford» qanday hayron qoldirişni biladi, esingizda bölsa, ötgan mavsumning boşlarida 5 turgaça yuz foizlik natija körsatib, turnir jadvalini boşqargandi. «Vest Hem» esa, sönggi yillarda transferlar uçun eng faol bölgan jamoalardan biridir. Ayniqsa, aynan tajribali futbolçilarni öz safiga qöşib olişga alohida e'tibor qaratadi. Sabaleta, Uilşir, Ernandes, Fabyanski kabi futbolçilar öz vaqtida top-klublar safida öynaşgan, Pellegrini esa murabbiy sifatida hatto Angliya çempioni ham bölgan.
«Vest Hem» birinçi turda yirik mağlubiyatga uçragan bölsa-da, raqib «Mançester Siti» edi. Ikkinçi turda jamoa yomon körinmadi, «Brayton»ga qiyin safardan oçko bilan qaytildi. Ammo bu borada «Uotford» hayron qoldiryapti va ötgan avgustning teskarisini qayd etmoqda.
«Guddison»dagi mağlubiyatni tuşunsa böladi, ammo oçiliş öyinida «Brayton»dan öz maydonidagi 0:3 hisobidagi mağlubiyatni keçiriş qiyin. «Uotford» hali raqib darvozasini işğol qila olmagan ikki klubdan biridir. Demak, Grasiya şogirdlarida isbotlaş kerak bölgan holatlar köp.
Özaro öyinlarda tenglikni köramiz, masalan sönggi 10 uçraşuvning 4tasida «Vest Hem», 4tasida «Uotford»ning qöli baland kelgan. Uşbu stadionda ötgan sönggi öyinda esa, londonliklar yirik - 4:1 hisobida ğalaba qozonib ketişgandi.
ŞALKe – BAVARIYa (24 avgust, 21:30)
«Bavariya» mana ikkinçi yildirki Niko Kovaç boşçiligida Bundesligani biroz işonçsiz boşlamoqda. Öz maydonida «Herta»ga qarşi öyindagi durang myunxenliklarni ilk turdanoq ta'qibçi maqomiga tuşirib qöydi. Zero, «Borussiya» öz öyinini işonçli ğalaba bilan boşladi va ança tetik körinmoqda. Buni biz Superkubok uçun ötkazilgan mana şu ikki peşqadam örtasidagi bahsda ham kördik – dortmundliklar «Bavariya» ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozonişdi.
«Bavariya»ni yana bir tarafdan kuzatiş qiziq. Salkam sönggi ön yillikda «Bavariya»ning asosiy quroli bölib kelgan Robben va Riberi juftligi endi yöq, şuningdek, Mats Hummels, Rafinya kabi futbolçilar ham jamoani tark etişdi. Ularning örniga esa, ijara asosida Perişiç va Koutino, rekord transfer narxi evaziga Lyuka Ernandes kabi futbolçilar «Bavariya» libosini kiyişdi. Ya'ni, bu mavsum qaysidir ma'noda tölaligiça Niko Kovaçning jamoasini körişimiz mumkin, avvalgi jamoalarga öxşatib turadigan asosiy nomlar endi yöq.
«Şalke» ham mavsumni durang bilan boşladi, ammo Menxengladbaxdagi durangni bemalol plyusga yoziş mumkin. Umuman, jamoa tarkibi Bundesliga uçun ança tajribali hisoblanadi va ötgan mavsumdagi past natija köproq, Çempionlar Ligasidagi iştirok va omadsizlik bilan boğliq bölsa kerak. Oçipka, Stambuli, Nastasiç, Konoplyanka, Kalidjuri, Bentaleb, Ut kabi futbolçilar bilan faqat yuqori örinlar uçun kuraşiş kerak va «Bavariya»ga qarşi öyinda «Şalke» munosib qarşilik körsata olişiga umid bildiriş mumkin.
«Bavariya» sönggi beş öyinda «Şalke» ustidan ğalaba qozonib kelganini ham e'tirof etgan holda, «Şalke» öz maydonidagi oxirgi olti öyinda maydonni golsiz tark etmayotganini ham ta'kidlaş kerak.
LIVeRPUL – ARSeNAL (24 avgust, 21:30)

Angliyada ikki turdan keyin faqat ikki jamoa yuz foizlik natija körsatgan va aynan şu ikki raqib şanba oqşomida orani oçiq qiladi. Demak bu öyinda ğolib bölgan jamoa Premer-Liganing yaqqol peşqadamiga aylanadi.
«Biz «Liverpul»ga qarşi öynaşni istamagan bölardik, qaniydi ular bilan umuman töqnaş kelmasak» - deganda Emeri köproq raqibning kuçli ekanini e'tirof etmoqçi böldi, lekin agar statistikaga qarasak ham, şunga yaqin holatning guvohi bölamiz.
2015 yilning aprelida, ya'ni hali Yurgen Klopp Angliyaga kelmasidan oldin sönggi marta londonliklar «Liverpul»ni mağlub etişgan. Şundan buyon, mana, sakkiz öyindirki, «Arsenal» ğalaba qozona olmayapti - tört durang, tört mağlubiyat. Jumladan, «Enfild»dagi sönggi ikki töqnaşuvda «Liverpul» tört gol farqi bilan ustun kelgan: 4:0 va 5:1. Emeri öşa maşhur fikrlaridan oldin, bu ma'lumotlarga ham qarab qöygan bölsa, ajab emas.
Ammo aytiş mumkinki, «Arsenal» hozir yaxşi sport formasida. Ğalabalar qiyinçilik bilan qölga kiritilgan bölsa-da, oçkolar jamoaga işonç olib kelgani şubhasiz. Xususan, Per-Emerik Obemeyangning juda samarali öynayotganini e'tirof qiliş lozim. «Real» tarkibidan kelib qöşilgan Sebalos ham jamoada muhim figuralardan biri böla olişini «Byornli»ga qarşi öyinda isbotladi. U barça körsatkiçlar böyiça öyinning eng yaxşi futbolçisi böldi va «Arsenal» urgan har ikki gol ham uning assistlaridan söng yuzaga keldi.
«Liverpul», öşa «Liverpul», hozirça faqat «Norviç»ga qarşi yarim soatda öz kuçini namoyon qilgan bölsa-da, istalgan paytda pragmatik jamoaga aylana olişini ötgan mavsumda ham körgandik. Faqat, bu safar himoya çiziği u qadar işonçli körinmayapti. Klopp jamoasi maydonga tuşgan barça tört öyinda ham öz darvozasidan gol ötkazib yubordi. Balki bu holat aksinça, öyinning yanada qiziqarli bölişiga sabab bölar?
Tarkiblarga kelsak, «Liverpul»da hali ham Alison Beker jarohatlangan. Şuningdek, Nabi Keytani ham bu oy maydonda körmasak kerak. Mehmonlarda esa, Ektor Bellerin va yangi xarid Kiran Tirni faqat oktabr oyida safga qaytadilar. Granit Jaka ham hali yordam berişga tayyor emas, ammo yuqorida tilga olingan Sebalos hatto Jakani ham zaxira örindiğiga ötirğizib qöyişi mumkin.
FIOReNTINA – NAPOLI (24 avgust, 23:45)
Nihoyat kuçli beşlikda sönggisi – Italiya A Seriyasiga ham start beriladi. Doimo kuçli «Yuventus»dan taşqari, Milan klublarining ham yozda bir qator e'tiborli xaridlarni amalga oşirganliklari, navbatdagi Italiya çempionatining qiziqroq ötişiga zamin yaratsa kerak.
«Fiorentina» ham böş turmadi, tarkibga qöşilgan ikki maşhur nom alohida ta'kidlaşga arziydi: Kevin Prins Boateng «Barselona»dagi omadsiz ijaradan söng, «Sassuolo»dan ötdi, şuningdek, Frank Riberi erkin agent sifatida florensiyaliklar safini töldirdi. «Napoli»ning transferlari ham qiziq. «Roma»dan Manolasning kelib qöşilişi bilan jamoa A Seriyadagi eng kuçli himoya çiziğiga ega böldi, deb aytiş mumkin. Bugun esa, PSV yetakçilaridan biri Losanoning «Napoli»ga ötgan rasman e'lon qilindi. Meksikalik hujumçi Niderlandiya çempionati doirasida maydonga tuşganini e'tiborga olsak, u juda yaxşi sport formasiga ega va balki, uşbu öyindanoq maydonda harakat qilişi ham mumkin.
Özaro öyinlar haqida töxtalsak, mehmonlarning ustunligi katta, lekin aksariyat töqnaşuvlarda duranglar ham qayd etilgan. Sönggi 20 uçraşuvning 8tasida ğolib aniqlanmagan bölsa, 10 uçraşuvda «Napoli» ğalaba qozongan. Ötgan yili Florensiyada ötgan uçraşuvda hisob oçilmagandi. Aynan «Fiorentina» maydonida ötkazilgan öyinlarda esa, «Napoli» sönggi bor 2014 yilda ğalaba qozonganini ham ta'kidlaş kerak. Demak, çempionlikka asosiy da'vogarlardan biri ilk turdanoq oçko yöqotişi ehtimoli bor.
BARSeLONA – BeTIS (25 avgust, 23:55)

Esingizda bölsa, ötgan yilgi «Kamp Nou»dagi öyin juda qiziqarli va gollarga boy bölgan, öyin «Betis»ning 4:3 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi. Umuman, turnir jadvalida pastroqda yurişsada, andalusiyaliklar alohida öyinlarda nihoyatda sifatli öyin namoyiş qilişgan, xususan, mana şu öyin va Milandagi Yevropa Ligasi töqnaşuvini eslaş kifoya.
Har ikki jamoa ham mavsumni yomon boşlaşdi. Messisiz, yana öyinning birinçi bölimidayoq jarohatlanib maydonni tark etgan Suaressiz öynagan Valverde şogirdlari Bilbaoda kiçik hisobda imkoniyatni boy berişdi. «Betis» esa kutilmaganda, öz maydonida ötgan mavsum autsayderlaridan biri «Valyadolid»ga yutqazdi – 1:2. Bu öyinning 8-daqiqasidayoq «Betis» darvozaboni qizil kartoçka olib maydonni tark etgani yakuniy natijaga ta'sir körsatgani şubhasiz.
Aytiş mumkinki, «Betis» transfer oynasini juda faol ötkazmoqda. Jamoaning asosiy öyinçilari Jovanni Lo Çelso va Viktor Kamarasa APLga ravona bölişsa-da, xarid qilingan futbolçilar ham juda e'tiborga molik, ayniqsa, «Lion»ning köp yillik yetakçisi Nebil Fekirning aynan «Betis» safiga kelib qöşilişi köpçilik uçun kutilmagan hol böldi. «Liverpul», «Arsenal» kabi jamoalar bilan nomi birga tilga olingan yarim himoyaçi La Liga futbolçisiga aylandi. Ommaviy axborot vositalarda jarohat riski yuqori bölgani uçun köp top-klublar Fekirdan voz keçişgani aytilmoqda, bu ham ayni muddao – fransiyalik futbolçi erta hisobdan çiqargan futbol olamiga özini isbotlaş imkoniyatiga ega. Dastlabki uriniş muvoffaqiyatsiz çiqqan bölsa-da, u jamoa tarkibida yuqori ball olgan ikki futbolçidan biri böldi.
Tarkiblarga kelsak, «Betis»da yuqorida tilga olingan qizil kartoçka tufayli Xoel Robles darvozani qöriqlay olmaydi. Şuningdek, Gerrero, Kanales, Karvalyu kabi futbolçilar maşğulotlarga qaytgan bölişsa-da, bu öyinga qay darajada tayyor bölişlari noma'lum. Mezbonlar safida esa, Messi maşğulotlarga qaytdi, hatto umumiy guruhda ham şuğullanmoqda. Futbolçining sport formasida ilk daqiqalardan maydonga tuşişga xalaqit berişi mumkin, ammo biz Messini yaxşi bilamiz va katta ehtimol bilan u jamoasini sardor sifatida öyinga boşlab tuşadi. Buning ustiga, Bilbaoda jarohat olgan Suaresning yöqligi, Dembelening ham safdan çiqqani, Koutino Germaniyaga ketganini e'tiborga olsak, Messidan boşqa nomzod ham qolmayapti.
BOŞQA ÖYINLAR
23 avgust. «Granada» – «SeVILYa» (23:00), «Kyoln» – «BORUSSIYa» D (23:30)
24 avgust. «MANÇeSTeR YuNAYTeD» – «Kristal Pelas» (19:00), «Parma» – «YuVeNTUS» (21:00), «ReAL» – «Valyadolid» (22:00),
25 avgust. «Bornmut» – «MANÇeSTeR SITI» (18:00), «TOTTeNHEM» – «Nyukasl» (20:30), «Udineze» – «MILAN» (21:00), «Leganes» – «ATLeTIKO» (22:00), «ROMA» – «Jyenoa» (23:45). «PSJ» – «Tuluza» (23:55)
26 avgust. «INTeR» – «Leççe» (23:45)












