“Maktabgaça ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvçi ilmiy kengaşda ilk dissertatsiyalar himoyasi bölib ötdi.
Mamlakatda maktabgaça ta'lim tizimini takomillaştiriş, turli şakldagi maktabgaça ta'lim taşkilotlarini barpo etiş, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyaçilar va mutaxassislar bilan ta'minlaş, ta'lim va tarbiya jarayoniga ilğor xorijiy tajribalarini joriy etişga qaratilgan loyihalar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunga kelib maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan soha uçun ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlaşga ham katta e'tibor qaratildi. 2018 yili Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar ixtisosliklar röyxatiga yangi 13.00.08. “Maktabgaça ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi kiritildi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan Maktabgaça ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti huzurida pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvçi ilmiy kengaşi taşkil etildi. Uşbu ilmiy kengaş 13.00.08. “Maktabgaça ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi böyiça mamlakatimiz tarixidagi birinçi taşkil taşkil etilgan ilmiy kengaş hisoblanadi.
2019 yil 22 avgust kuni ilmiy kengaşning dissertatsiyasi himoyasi böyiça ilk (birinçi) yiğilişi bölib ötdi. Unda tadqiqotçi Nilufar Rejamatovaning “Özbek xalq çolğulari vositasida bolalar ijodkorligini şakllantiriş texnologiyalarini takomillaştiriş” mavzusidagi, Gözal Nazirovaning “Maktabgaça ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillaştiriş” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bölib ötdi.
Ilmiy kengaş raisi, professor Qahramon Olimov mavzu yuzasidan şunday dedi:“Hozirgi kunda ilmiy kengaşga mazkur ixtisoslik böyiça 1 ta fan doktorlik hamda 5 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyaga qabul qilingan. Şuni ta'kidlaş joizki, Maktabgaça ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti huzurida doktorantura taşkil qilindi hamda Maktabgaça ta'lim va tarbiya muammolariga qaratilgan 100dan ortiq muhim mavzular şakllantirildi. Bundan keyingi tadqiqotçilarga uşbu mavzular böyiça ilmiy izlanişlar olib borişlari tavsiya qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar olib boriş uçun hududlarda innovatsion va eksperimental maydonçalar taşkil qilingan. Bundan keyin eng muhim e'tibor dissertatsiya tadqiqoti natijasida işlab çiqilgan yangi metodikalar, innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodik işlanmalarni amaliyotga joriy qilinişiga qaratiladi”.
Maktabgaça ta'lim taşkilotlarida ilğor xorijiy tajribalarni inobatga olib işlab çiqilgan “Ilk Qadam” davlat öquv dasturining joriy qilinişi tadqiqotçilar uçun keng yönalişdagi izlanişlar olib boriş va natijalarini ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq qiliş imkonini beradi.












