Toşkent viloyatining Ohangaron şahridagi maktabgaça ta’lim muassasalaridan birida tarbiyaçi bolaga nisbatan jismoniy kuç işlatib, uni haqorat qilgani ma’lum böldi.
Bolalar ombudsmani Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat Ohangaron şahridagi 10-sonli davlat maktabgaça ta’lim muassasasida sodir bölgan. Tarbiyaçi bolani uxlamagani uçun «urod» deya haqorat qilgan va unga nisbatan zöravonlik qilgan. Uşbu jarayonni tasvirga olib, tanişiga yuborgan.
«Ohangaron şahri 10-sonli DMTMda tarbiyaçi Ş.A. tarbiyalanuvçi bolaga jismoniy kuç işlatgani hamda bolaning şa’ni va qadr-qimmatini tahqirlovçi munosabatda bölgani uçun 2026 yil 6 aprel kuni tarbiyaçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, u işdan böşatilgan», – deyiladi Bolalar ombudsmani ma’lumotida.
Şuningdek, ombudsman tarbiyaçining mazkur xatti-harakatlari bolaga nisbatan jismoniy kuç işlatiş va uning şa’ni hamda qadr-qimmatini tahqirlaş hisoblanişini ta’kidlagan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron şahar içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Bola manfaatlari nuqtayi nazaridan iş Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan, qöşimça ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.











