23-29 avgust kunlari ötkaziladigan «MEDIA.UZ» futbol haftaligida onlayn naşrlardan ikki OAV – Kun.uz va Daryo.uz saytlari iştirok etadi. Bugun bölib ötgan qur'a natijasida bu internet-naşrlar bir guruhda kuraş olib boradigan böldi.

«D» guruhidan, şuningdek, MTRK va Yoşlar ittifoqi media markazi jamoalari ham joy olişdi.

Özbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bağişlab, AOKA va ÖFA tomonidan taşkil etilayotgan futbol haftaligida jami 24ta jamoa qatnaşadi.

Qur'a

Bugun, 22 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turnirga qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi.

Unda agentlik va Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbarlari, OAV va naşriyot-matbaa korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar qatnaşdi.

Qur'a orqali jamoalarni guruhlarga bölişda bevosita AOKA va ÖFA rahbariyati vakillari iştirok etdi.

Qayd etiş kerak, musobaqada taşkilotçilar – ÖFA va AOKA jamoalari ham qatnaşadi. ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov turnirda özi ham iştirok etişini, öyinlarni professional hakamlar boşqarib borişini ta'kidladi.

Format va taqvim

Guruhlarda birinçi va ikkinçi örin egalari, şuningdek, oltita guruhda eng yaxşi körsatkiçga ega törtta ikkinçi örin sohibi nimçorak finalga çiqadi.

Öyinlar Yakkasaroy tumani jismoniy tarbiya va sport boşqarmasiga qaraşli sobiq «Tekstilçilar» stadionida – tabiiy çimli maydonda ötkaziladi.

Guruh bosqiçi öyinlari 23-24 avgustda bölib ötadi, nimçorak final 25 avgustga belgilangan. 27-28-sanalarda çorak va yarim finallar, 29 avgustda uçinçi örin uçun bahs va final öyini bölib ötadi.

Sovrin jamğarmasi

Turnir ğolibi 36 mln söm pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ikkinçi va uçinçi örin egalari mos ravişda 24 mln va 12 mln söm pul mukofotini qölga kiritadi.

Turnir yakuniga köra «Eng yaxşi darvozabon», «Eng yaxşi hujumçi» va «Musobaqaning eng yaxşi öyinçisi» nominatsiyalarida ham ğoliblar esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi.

Ğoliblar taqdirlaş xarajatlarini taşkiliy qömita va ÖFA öz zimmasiga olgan.

Öyin qoidalari

Uçraşuvlar mini-futbol qoidalari asosida, 20m x 40m ölçamdagi futbol maydonida (standart maydonning törtdan biri) bölib ötadi. Jamoalarda 6 nafardan futbolçi harakat qiladi.

Guruh bosqiçi öyinlarida har biri 15 daqiqadan iborat ikkita taym, pley-off bahslari 20 daqiqadan ikkita taym davom etadi. Pley-offda faqat bittadan öyin – javob uçraşuvlari bölmaydi.

Jamoalar tarkibiga faqatgina uşbu taşkilotga işga qabul qilinganiga 3 oydan köproq vaqt ötgan xodimlar jalb etilişi mumkin.

Şuningdek, sönggi uç yilda Superliga, Pro-liga va ikkinçi ligada zayavkadan ötgan, mini-futbol böyiça Özbekiston çempionatining oliy va birinçi divizionlarida öynagan futbolçilar turnirga qöyilmaydi.