Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) rossiyalik hujumçi Yevgeniy Kuznetsovni antidoping qoidalarini buzgani uçun 4 yilga diskvalifikatsiya qildi.
Qayd qilinişiça, Yevgeniyning 2019 yilgi jahon çempionatida topşirgan doping-namunasi ijobiy natija bergan. 26 may kuni ötkazilgan Rossiya – Çexiya bahsidan keyin olingan doping-namunada taqiqlangan kokain giyohvand moddasi qoldiği topilgan.
Rossiyalik xokkeyçi bunga e'tiroz bildirmagan va V doping-namunaning ham oçib körilişini talab qilmagan. Endi u 2023 yil 12 iyun kunigaça muzga tuşolmaydi.
Kuznetsov Rossiyaning eng kuçli xokkeyçilaridan biri hisoblanib, 2014 yildan beri AQŞning «Vaşington Kepitalz» klubi şarafini himoya qilmoqda. U jahonning ikki karra (2012, 2014) çempioni, Stenli Kubogi (2018) sohibi, yoşlar örtasida jahon çempionidir (2011).
2019 yilgi jahon çempionatida Rossiya milliy jamoasi tarkibida bronza medalini qölga kiritgan.












