Senat yalpi majlisida “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi ma'qullandi.
Mazkur qonun bilan, Özbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining vakolatlari, xususan huquqbuzarliklar profilaktikasi, terrorizmga qarşi kuraşiş va boşqa sohalardagi huquqlari belgilab berilmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, loyiha 80ta ovoz bilan qabul qilingan. Hujjat prezident imzolab, rasman e'lon qilinganidan söng kuçga kiradi.
Qonunda Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatini taşkil etiş va uning faoliyatini tartibga soliş bilan boğliq huquqiy normalardan kelib çiqib, bir qator qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilgan.
Jumladan, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonun Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlarini belgilovçi yangi modda bilan töldirilmoqda.
Uşbu moddaga binoan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari:
– huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etadi;
– huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiradi, şu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilişi sabablarini va ularga imkon berayotgan şart-şaroitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
– qöriqlanuvçi şaxslarning manfaatlari, xavfsizligi va daxlsizligiga qarşi huquqbuzarliklar sodir etişga moyil bölgan şaxslarning hisobini yuritadi;
– huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi va unda iştirok etuvçi boşqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
– hamda qonun hujjatlariga muvofiq boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Şu kabi, “Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida”gi qonun ham Prezident davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarşi kuraş sohasidagi vakolatlarini belgilovçi yangi modda bilan töldirilmoqda.
Bundan taşqari, qonunda ayrim qonunlarning matnlariga tahririy özgartiş va qöşimçalar, jumladan Prezident davlat xavfsizlik xizmatini vazirlik va idoralar röyxatlariga kiritiş közda tutilgan.
Masalan, Davlat bayroği, gerbi, mukofotlari, iş bilan ta'minlaş, nafaqa hamda soğliqni saqlaş sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvçi qonunlar şular jumlasidandir.
Umuman, yangi qonun bilan “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi, “Sudlar töğrisida”gi, “Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida”gi, “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi, Jinoyat-protsessual, Bojxona va Soliq kodekslari hamda boşqa qonunlarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga taalluqli özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati – prezidentning 2018 yil 24 yanvardagi Farmoni asosida taşkil etilgan.
Davlat rahbarining 2018 yil 21 fevraldagi Qarori bilan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati töğrisida”gi Nizom ham tasdiqlangan.











