Toşkent şahar IIBB va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari poytaxtdagi öquv markazlaridan biriga rejalaştirilgan bosqinçilik hujumining oldini oldi. Bu haqda şahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 1995-yilda tuğilgan markazning sobiq qöriqçisi muassasada katta miqdorda pul saqlanişini bilgan va jinoyatni amalga oşiriş uçun tanişlarini jalb qilgan.

Rejaga köra, guruh aʼzolari niqobda markazga orqa eşikdan kirib, pulni qoplarga joylaştirişi va ijaraga olingan avtomaşinada olib çiqib ketişi kerak bölgan. Ulardan biri elektr taʼminotini uzişi, yana biri esa guvohlarni çalğitiş uçun ayollar kiyimini kiyişi rejalaştirilgan.

Gumonlanuvçilar jinoyatdan keyin Farğona viloyati orqali qöşni davlatga çiqib ketişni ham reja qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar uç nafar gumonlanuvçini jinoyatni amalga oşirişidan oldin qölga oldi. Ulardan niqoblar, bolğa, qoplar, qölqoplar, ratsiyalar, eşik oçiş moslamalari va kalit nusxalari olib qöyilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Gumonlanuvçilar qamoqqa olingan. Dastlabki tergov davom etmoqda.