Suriya qurolli kuçlari boş ştabi Xan-Şeyxun şahri va Xoma viloyatidagi qator qişloqlar ozod qilinganini ma'lum qildi.
"Keyingi kunlardagi zarbalardan söng Xoma şimolida terrorçilarni qurşab olgan harbiylarimiz Xan-Şeyxun, Murik, Latamina, Tell-Sayad, Latmin, Kafr-Zeyta, Laxaya va boşqa qişloqlarni ozod qildi", - deyiladi boş ştab bayonotida.
Uşbu hududlar terrorçilardan ozod bölgani e'lon qilindi, jangarilar katta yöqotişlarga uçradi.
"Armiya tezkor sur'atlarda harakat qilmoqda... butun Suriya hududini terrorçilar va ularning rahnamolaridan tozalaş közda tutilgan", - deyiladi bayonotda.
Qayd etilişiça, hozirda ozod qilingan hududlarni minalardan tozalaş işlari olib borilmoqda.












