Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif 25 avgustda Osiyo böyiça turnesini boşlab, uning doirasida Xitoy, Yaponiya va Malayziyaga taşrif buyuradi. Bu haqda FARS axborot agentligi xabar berdi.
Zarif safar doirasida Osiyoning uç davlati yetakçilari bilan mintaqaviy xavfsizlik, ikki tomonlama munosabatlar hamda yadro kelişuvini saqlab qoliş masalalarini muhokama qilişni rejalaştirmoqda.
Eron taşqi işlar vazirining Osiyoga turnesi Yevropa turnesidan keyin kelmoqda. U uşbu turne doirasida 19-23 avgust kunlari Finlyandiya, Şvetsiya, Norvegiya va Fransiyaga taşrif buyurgan.
23 avgustda Zarif Parijga taşrif buyurib, u yerda prezident Emmanyuel Makron va boş vazir Jan-Iv Le Drian bilan uçraşgan. Zarif Fransiya bilan muzokaralar ötkazişga tayyorligini ma'lum qilib, “Katta yettilik sammiti Eron yadro kelişuvi böyiça qöşma harakatlar rejasi iştirokçi davlatlari bilan maslahatlaşuvlar ötkaziş uçun yaxşi imkoniyat” ekanligini aytgan.












