Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi eʼlon qilgan natijalar haqida «Dunyo» axborot agentligi vazirlik maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

Özbekiston oliygohlari orasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti yetakçi böldi. U Osiyo böyiça 113-örinni, Markaziy Osiyoda esa 4-örinni egalladi. Özbekiston Milliy universiteti Osiyo reytingida 196-örinni, mintaqaviy reytingda 9-örinni band etdi.

Yuqori natija qayd etgan oliygohlar qatoriga quyidagilar ham kirdi:

  • Samarqand davlat universiteti - 215-örin;

  • Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti - 255-örin;

  • Toşkent davlat texnika universiteti - 281-örin.

Jami 19 ta Özbekiston oliygohi reytingning dastlabki mingtaligidan joy oldi. Jumladan, yuqoridagi beşta universitetdan taşqari yana 14 ta oliy taʼlim muassasasi 469–1000-örinlar oraliğida qayd etildi. Ular orasida Namangan, Toşkent, Urganç, Qarşi, Buxoro, Farğona, Jizzax va Nukusdagi oliygohlar bor.

Qolgan 19 ta oliy taʼlim muassasasi 1001+ örinlar toifasiga kirdi. Andijon davlat universiteti, Markaziy Osiyo universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti va Guliston davlat universiteti şular jumlasidan.

Vazirlikning taʼkidlaşiça, natijalar mamlakat oliy taʼlim tizimidagi islohotlar, ilm-fan va taʼlim integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik kengayib borayotganini aks ettiradi.