Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Katta yettilik” davlatlari Fransiyaning Biarrits şahridagi sammitda Eron atrofidagi vaziyat böyiça yagona pozitsiyani bildirişdi.

Makronning aytişiça, hattoki AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Tehron bilan ixtilofga borişdan qoçişni istaşini aniq aytgan. 

“Bunday yakdillik muhimdir, çunki pirovard natijada har bir davlatning pozitsiyasini zaiflaştiruvçi ziddiyatlardan qoçişga imkon beradi”, deb aytgan Fransiya prezidenti LCI telekanaliga. 

Bu orada Tramp Makronga G7 nomidan Eron bilan gaplaşiş huquqi berilişini muhokama qilganini rad etgan.

Avvalroq Makron Trampga Eronga bir qator majburiyatlar evaziga neft sotişga ruxsat beriş taklifi bilan murojaat qilgan.