Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Prezidentining "Davlat organlarida zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, davlat organlarida davlat xizmatçilarining iş faoliyatini quyidagi samaradorlikning asosiy körsatkiçlari (SAK) asosida baholaşni bosqiçma-bosqiç joriy qiliş rejalaştirilmoqda:

- davlat xizmatçisining davlat strategik maqsadlari va vazifalariga erişişdagi rolini belgilaydigan, davlat strategik dasturlarini amalga oşirişning samaradorlik körsatkiçlari bilan boğliq bölgan umumiy körsatkiçlar;

- davlat organining strategik maqsad va vazifalariga erişiş bilan boğliq bölgan tegişli sohani rivojlantirişning ustuvor vazifalarini hal qilişda davlat xizmatçisining rolini belgilovçi tarmoq körsatkiçlari;

- davlat xizmatçisining davlat organi faoliyatidagi rolini va / yoki amalini rivojlantirişdagi şaxsiy va kasbiy yutuqlarini belgilaydigan, xizmatçilarning özlari rahbarlar bilan birgalikda tuzilgan va xodimning keyingi hisobot davridagi iş rejasida aks ettirilgan mansab körsatkiçlari.

Dastlabki bosqiçda davlat xizmatçilarining SAKka asoslangan faoliyatini baholaş amaliyoti 2020 yil 1 yanvardan boşlab Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Turizm böyiça davlat qömitasi hamda Jizzax va Toşkent viloyatlari hokimliklarida tajriba sifatida joriy etiladi. .

Qaror loyihasida körsatilişiça, SAK quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

- SAkni joriy etişda iş beruvçi, xodim va kasaba uyuşmasi örtasidagi hamkorlik;

- taşkilotning asosiy faoliyatidan kelib çiqib SAKni aniqlaş;

- körsatkiçlarni baholaş, hisobot va samaradorlikni oşiriş jarayonlari integratsiyasi;

- işlab çiqariş körsatkiçlarini strategiya bilan muvofiqlaştiriş.

Şuningdek, davlat xizmatçisining iş haqiga ustama miqdori bajarilgan işlarning hajmi, ularning samaradorligi, sifati va murakkabligini hisobga olgan holda SAKka erişiş yoki erişmaslik natijalariga qarab belgilanadi.

Davlat organlarida davlat xizmatçilarining samaradorligi faoliyatini SAK asosida baholaşni bosqiçma-bosqiç joriy etiş uçun maxsus işçi komissiya tuziladi.

Eslatib ötamiz, hujjat loyihasi özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin. Hujjatning töliq matni bilan bu yerda tanişiş mumkin.