27 avgust kuni Human Righs Watch (HRW, «Inson huquqlari himoyaçisi») nodavlat notijorat taşkiloti öz rasmiy veb-saytida Qoraqalpoğistonning Qönğirot tumanidagi «Jasliq» ixtisoslaştirilgan jazoni ijro etiş koloniyasi yopilişi yuzasidan maqola e'lon qildi.

HRW’ga köra, 1999 yilda oçilganidan beri koloniya Özbekistondagi inson huquqlari bilan boğliq dahşatli vaziyatning ramziga aylanib, minglab diniy va siyosiy mahbuslar uçun «qiynoq uyi» bölib kelgan, «ba'zi mahbuslar tirik çiqmagan».

Maqolada önlab yillar davomida Özbekistonni Jasliqni yopişga çaqirgan çet el hukumatlari, BMT organlari va inson huquqlari böyiça köplab mahalliy hamda xalqaro guruhlar, jumladan Human Righs Watch haqida söz boradi. Ular orasida:

2002 yilda BMTning qiynoqlar böyiça maxsus ma'ruzaçisi Teo van Bouen birinçi marta Jasliqni yopişga çaqirgan bölib, bu «aniq qiynoq belgilari bölgan şubhali ölim holatlari», jumladan qurbonlardan birining tanasi qaynoq suvga tuşirilganini tasdiqlovçi dalillar aniqlangaç röy bergan.

2009 yilda HRW Yevropa ittifoqini Özbekiston bilan muzokaralarda inson huquqlari, şu jumladan Jasliqda qiynoqqa soliş masalasi böyiça mavzuni kötarişga çaqirdi.

HRW 2014 yilda Özbekistondagi siyosiy mahkumlar töğrisidagi hisobotda Jasliq qanday qilib «Özbekistonning dahşatli qamoqxona rejimi ustuni» bölganligini hujjatlaştirgan.

2017 yilda, Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan bir yil ötib, HRW uni BMT tavsiyalarini bajarişga va «Jasliq»ni yopişga çaqirgan.

Taşkilotning ta'kidlaşiça, «Jasliq»ning yopilişi Özbekistonga inson huquqlari böyiça uzoq va qoronği tarix sahifasini yopişga imkon beradi. Özbekiston hukumati uşbu qadam penitensiar va sud tizimida uzoq vaqtdan beri kutilgan islohotlarning bir qismi bölişini ta'minlaşi kerak.

«Toşkent uşbu qonunbuzarlik holatlari böyiça mustaqil tekşiruvni ham boşlaşi kerak. Qonunbuzarlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilişi lozim. Qurbonlar va ularning oilalari kompensatsiya olişi şart», - deyiladi HRW bayonotida. 

Prezident qarori: Jasliqdagi koloniya yopiladiPölat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini oçiqladi