Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgust kungi PQ-4414-sonli “Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 19-son ixtisoslaştirilgan Jazoni ijro etiş koloniyasini tugatiş töğrisida”gi qarori bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jasliq qörğonida joylaşgan 19-son ixtisoslaştirilgan jazoni ijro etiş koloniyasini tugatiş belgilandi.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, sönggi yillarda mamlakatda sud-huquq sohasida keng kölamli institutsional islohotlar ötkazildi, inson huquqlarini ta'minlaş, qamoqqa olingan şaxslar va mahkumlarni diniy va siyosiy qaraşlaridan qat'iy nazar huquqlariga rioya qiliş, şa'ni va qadr-qimmatini hurmat qiliş hamda qulay şart-şaroitlar yaratiş borasida xalqaro majburiyatlarni amalga oşirişga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlar qabul qilindi.
Şu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyoti tahlili va jamoatçilik bilan bevosita muloqot natijalari jazoni ijro etiş tizimida saqlaş şaroitlarini yanada gumanitar körinişga keltiriş orqali mahkumlarning huquqlari kafolatini oşiriş hamda ularning ijtimoiy moslaşuvini ta'minlaş zarurligini körsatayotgan edi.
Xabarda ta'kidlanişiça, mazkur tarixiy qaror ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni, şaxs va jamiyatga hurmat munosabatini şakllantirişga yönaltirilgan axloqan tuzatiş borasida amalga oşirilayotgan tadbirlar samaradorligini oşiriş, şuningdek, 2017 — 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq davlatning xalqaro arenalarda ijobiy mavqeini ilgari suriş maqsadida qabul qilinganligi qayd etilgan.

















