Janubiy Koreya oliy sudi Samsung Electronics vitse-prezidenti va rahbari Li Çje Yon işini qayta körişga yubordi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar berdi.
"2018 yil fevralda qabul qilingan qaror Janubiy Koreya oliy sudi yakuniy xulosasiga muvofiq qayta körib çiqiladi", - deyiladi agentlik xabarida.
2018 yilda Seul yuqori sudi Li Çje Yondan qator jiddiy ayblovlarni olib taşlagan va ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ikki baravarga – 2,5 yilgaça qisqartirgandi. Şu tarzda Li Çje Yon qamoqda deyarli bir yil ötirganidan söng ozodlikka çiqqandi.
"Samsung merosxöri" işi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xe atrofida yuzaga kelgan korrupsion mojaro bilan boğliq.












