Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. 

Özbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:

45-moddaning (Jazoni ijro etiş muassasalarining turlari) ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Jazoni ijro etiş muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

jazoni ijro etiş koloniyalari, şu jumladan davolaş huquqi asosidagi koloniyalar;

tarbiya koloniyalari;

turmalar;

mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalar».

Şu vaqtgaça jazoni ijro etiş muassasalariga quyidagilar kirgan:

jazoni ijro etiş koloniyalari;

tarbiya koloniyalari;

turmalar.

Quyidagi mazmundagi 52-1-modda bilan töldirildi:

«52-1-modda. Mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalar

Mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlaş va ularga malakali tibbiy yordam körsatiş uçun möljallangandir»;

54-modda (Mahkumlarni jazoni ötaş uçun jönatiş):

quyidagi mazmundagi ikkinçi - törtinçi qismlar bilan töldirildi:

«Uşbu muddat davomida mahkum:

qarindoşlari yoki boşqa şaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uçraşiş;

öz şaxsiy mablağlari hisobidan tölanadigan, ön beş daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali sözlaşiş huquqiga ega.

Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etiş muassasalariga jönatiladi.

Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarni jönatiş uşbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oşiriladi»;

ikkinçi qismi beşinçi qism deb hisoblanadi;

59-moddaning birinçi qismidagi «Ixtisoslaşgan davolaş muassasalarida» degan sözlar «Davolaş huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonalarda» degan sözlar bilan almaştirildi;

60-modda (Mahkumlarni köçiriş) quyidagi mazmundagi sakkizinçi qism bilan töldirildi:

«Jazoni ötaş joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etiş muassasasidan boşqa jazoni ijro etiş muassasasiga köçirilayotgan mahkumlarni vaqtinça saqlaş uçun jazoni ijro etiş muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jönatiş uçastkalari taşkil etilişi mumkin. Mahkumlar tranzit-jönatiş uçastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etiş muassasasida özining jazoni ötaşiga oid şartlar asosida, uşbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jönatiş uçastkalarida saqlaşning eng köp muddati köpi bilan 20 sutkani taşkil etadi»;

69-moddaning ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Jismoniy kuç işlatilişi natijasida mahkumning hayoti va soğliğiga zarar yetkazilgan har bir holat töğrisida prokurorga darhol xabar beriladi».