Bugungi kunda Özbekiston kardiologiyasi jahon ilm-fani bilan hamqadam odimlamoqda. Jahon ilm-fani yangiliklari bölgan noyob operatsiyalar nafaqat Toşkent şahrida, balki viloyatlardagi kardiologiya muassasalarida ham amalga oşirilmoqda.
Jumladan, ötgan yilning dekabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarşi filiali öz faoliyatini boşlagan edi. 120 öringa möljallangan mazkur markazda reabilitatsiya va yurak işemik kasalliklari, surunkali yurak yetişmovçiligi va aritmologiya, arterial-gipertenziya, rentgen-endovaskulyar jarrohlik, kardiojarrohlik, qabul-diagnostika kabi bölimlar, kunlik 100 qatnovga möljallangan zamonaviy poliklinika faoliyat yuritmoqda.
Filialning kadrlar salohiyati ham jahondagi nufuzli klinikalardan qolişmaydi. Bu yerda mahalliy şifokorlar bilan bir qatorda, Rossiya, Germaniyadagi yetakçi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritgan yetuk olimlar va tajribali mutaxassislar iş olib boryapti. Xususan, uzoq yillar A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiya markazida faoliyat yuritgan tibbiyot fanlari nomzodlari Xurşid Fozilov, Oleg Pölatov, Berlin universitetining Şarite klinikasi malakali şifokori Adham Jalilov kabi vatandoşlar yurtga qaytib, uşbu markazda xalqimizga zamonaviy tibbiy xizmat körsatmoqda.

Ularning mehnatlari davlatimiz tomonidan ham yuksak qadrlanmoqda. Jumladan, kuni keça malakali kardiolog Xurşid Fozilov Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga köra «Şuhrat» medali bilan mukofotlandi.
– Uşbu mukofot men va men kabi hamkasblarim faoliyatiga bölgan yuksak baho, deb hisoblayman, – deydi Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarşi filiali direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Xurşid Fozilov. – A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiya markazida yetti yil işlaganman. Özbekistonga kelib bu yerda tibbiyot sohasida yaratilgan zamonaviy şaroitlarni körib, töğrisi, juda hayratlandim. Ayniqsa, filialimizdagi imkoniyatlar dunyoning taraqqiy etgan tibbiyot markazlaridan aslo qolişmaydi. Şu tufayli bu yerda jahon tibbiyotidagi eng murakkab amaliyotlar muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Kelgusida tibbiyotimizning bunday yutuqlarini yanada rivojlantirişga munosib uluş qöşişni asosiy maqsad qilganmiz.

«Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, ayni paytda markazda oyiga statsionar şaroitda 400 nafar bemorga tibbiy xizmat körsatib kelinmoqda. Şuningdek, ambulator şaroitda murojaat qiladigan kunlik qatnovlar soni 100 nafardan ziyodni taşkil etadi. Joriy yilning ötgan davri mobaynida 800 nafarga yaqin bemorlarga yuqori texnologiyaga asoslangan tibbiy yordam körsatilgan. Jumladan, 500 nafarga yaqin bemorda koronaroangiografiya, 120 nafar bemorda koronar qon tomir va uyku arteriyalarni stenlaş, 100 nafardan ortiq bemorda aortokoronar şuntlaş, 50 nafardan ziyod bemorda doimiy elektrokardiostimulyator örnatiş va orttirilgan yurak nuqsonlarida klapanlarni protezlaş kabi eng murakkab kardioxirurgik amaliyotlar muvaffaqiyatli amalga oşirildi.
Uşbu yutuqlar xalqimizga yuqori malakali tibbiy xizmat körsatiş barobarida, tibbiyot turizmini rivojlanişga ham hissa qöşadi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegramdagi kanali xabarida.











