Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligi tasarrufidagi “Qamçiq” dovonida joylaşgan harbiy qism harbiy xizmatçilar uçun yangi, har tomonlama qulay, barça zarur şart-şaroitlarga ega harbiy şaharça qurilib, foydalanişga topşirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, “Qamçiq” dovonida joylaşgan uşbu bölinma dengiz sathidan 1350 metr balandlikda joylaşgan bölib, iqlim şaroitiga köra Mudofaa vazirligining boşqa harbiy qismlaridan farq qiladi.
Bu yerda harbiy xizmatni olib borişning öziga xos xususiyatlarini inobatga olib, şaxsiy tarkibning ijtimoiy himoyasini ta'minlaş, ular uçun xizmatni ötaşning xavfsiz şart-şaroitlarini yaratiş maqsadida, mudofaa vaziri boşçiligida, vazirlik markaziy apparatining manfaatdor bölinmalari bilan hamkorlikda quriliş işlari olib borildi va mutlaqo yangi körinişdagi harbiy şaharça qad rostladi.
Ştab binosi, Madaniyat va ma'rifat markazi, Yoşlar ittifoqi xonasi, kutubxona, qorovulxona, kapital ta'mirlangan va yangi qurilgan avtoturargoh, oşxona, şartnoma böyiça harbiy xizmatçilar uçun qurilgan yotoqxona binolari zamon talablariga töliq javob beradi.
Harbiy şaharçaning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston mudofaa vaziri, Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondoni, Şarqiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Mudofaa vaziri öz nutqida uşbu harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarga, ularning kasbiy mahoratiga işonişini, şu sababdan ham ularga yurtimizning muhim ahamiyatga ega bölgan toifalangan obektlarini qöriqlaşni işonib topşirilganini alohida e'tirof etdi.
Şuningdek, harbiy qism komandiriga yangi qurib bitkazilgan harbiy şaharçaning ramziy kaliti va mudofaa vazirining sovğasi – yengil avtomobil kaliti topşirildi.










Bayram munosabati bilan uşbu harbiy qismning bir qator harbiy xizmatçilari navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.











