Germaniyadagi safari-boğlardan birida darğazab karkidon boğ xodimasining maşinasiga hujum qildi.
Voqea 25 avgustda “Serengeti” safari-boğida yuz bergan. Bild naşrining yozişiça, boğ yopilişidan oldin Kusini laqabli oq karkidon taşrif buyuruvçilar közi öngida boğ xodimasi boşqarayotgan maşinaga hujum qilib qolgan.
Taxmin qilinişiça, karkidon maşinani raqib deb qabul qilgan bölişi mumkin. Videoda karkidon maşinani bir neça marta ağdarib, kuzovini paçaqlab taşlaganini köriş mumkin. 25 yildan beri boğda işlab keladigan ayol miya çayqalişi, lat yeyiş jarohatlari olganiga qaramay işga qaytiş niyatida.
Boğ direktorining aytişiça, odatda karkidon boğda taşrif buyuruvçilar bölganda qafasdan çiqarilmaydi. Endi tajovuzkor karkidon boşqa hayvonot boğiga berib yuborilişi mumkin.








