Quruqlikdagi eng katta hayvonlar qatoriga kiruvçi «Paraceratherium linxiaense» deb nomlangan yangi turning vazni törtta Afrika filining oğirligiga teng ekani, böyi esa jirafadan balandroq ekanligi aniqlandi.

Xitoyning şimoli-ğarbiy qismida joylaşgan Gansu provinsiyasida topilgan qoldiqlar bundan 26,5 million yil oldin yaşagan 21 tonnalik karkidon turiga tegişli.

Taxminlarga köra, şoxsiz sut emizuvçi bölgan uşbu yangi tur 7 metr balandlikdagi daraxtlar bilan böylaşa olgan. Voyaga yetgan erkak jirafalarning böyi, odatda, 6 metrgaça böladi.

Communications Biology jurnalida çop etilgan tadqiqotga köra, ilk bor 2015 yilda topilgan qoldiq fanga ma'lum bölgan avvalgi ulkan karkidonlardan ança farq qiluvçi turni oçib beradi.

Xitoyning Pekin şahridagi umurtqali hayvonlar paleontologiya instituti doktor Den Tao boşçiligidagi tadqiqotlarda karkidonning boş va jağ suyagi töliq saqlanib qolgani aniqlandi.

Gigant karkidonning tumşuq tuzilişi çöçqaga öxşaş ötxör sut emizuvçilar sinfiga mansub tapir (Osiyo va Afrikaning tropik mintaqalarida yaşovçi kalta xartumli yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan hayvon – tahr.)ga öxşaydi.

Olimlar yangi kaşf etilgan tur Pokistonda yaşagan ulkan karkidonlar bilan boğliqligini aniqlaşdi. Bu esa şuni körsatadiki, karkidon turlari butun Markaziy Osiyo böylab harakatlangan.

Gigant karkidon turlarining şimoli-ğarbiy Xitoy va Hindiston yarim oroli oraliğida erkin harakatlana olgani Tibet platosida ilgari dengiz sathi balandligidagi tekisliklar mavjud bölgan, degan fikrni qöllab-quvvatlaydi.

«Tropik şart-şaroit karkidonning Markaziy Osiyoda harakatlanişiga imkon bergan bölişi mumkin. Tibet mintaqasi öşa paytlarda baland plato emasligi ayon bölmoqda», dedi professor Den Tao matbuot anjumanida.