Hindistonning Assam ştatida avtomobillar serqatnov bölgan yöldan yugurib ketayotgan karkidon videoga olindi. Rolik BBC News’ning Twitter’dagi sahifasida 4 avgust kuni e'lon qilindi. Videoga bir sutka içida 3,8 ming layk bosildi va u 2,4 mingdan ortiq repost qilindi.
Hind karkidoni (bir şoxli karkidon) – Osiyoda hajmi böyiça fildan keyin ikkinçi örinda turadi. Uning oğirligi 2,5 tonnaga yetişi mumkin. Sönggi yuz yilda uning tarqalgan joylari juda qisqardi, bu hayvonlar faqatgina Pokiston, Şarqiy Hindiston va Nepalda yaşaydi. Ularning barçasi qöriqlanuvçi hududlarda yaşaydi, sababi brakonerlar uçun juda katta qiziqiş tuğdiradi.







