Farğona viloyati Quva tumani hududidagi Karkidon suv ombori hududida turizm maqsadlarida investitsiya kiritiş şarti bilan 5 gektar yer maydoni 12 lotga bölinib savdoga çiqarildi. 

Turizm qömitasi xabariga köra, mazkur hududda mehmonxona, motel, dam oliş maskanlari, köngiloçar obektlar, restoran, suv sport obektlari, plyaj zonasi va pirs qurilişi közda tutilgan. Majmuaning umumiy qiymati 27,8 mlrd sömni taşkil etib, unda 100 nafarga yaqin iş örinlari yaratiladi. 

Ayni damda uşbu hududni turizmga oid işlab çiqilgan loyihalar asosida lotlarga bölib, E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonçasi orqali investorlarga realizatsiya qiliş işlari olib borilmoqda. 

Qayd etilişiça, savdo 29 iyul kuniga qadar davomi etadi. 

Taşkil etilayotgan ekoturizm zonasiga olib boruvçi 6 km uzunlikdagi avtomobil yöli 1980 yildan buyon ta'mirlanmaganini hisobga olib, yöl-inşootini rekonstruksiya qiliş va qirğoq infratuzilmasiga içimlik suvi yetkazib beriş uçun 2 ta tik quduq qaziş va tarmoq yotqiziş işlari Turizmni rivojlantiriş qömitasi tomonidan “Özbekiston Respublikasining 2020-2021 yillardagi davlat rivojlantiriş dasturi”ga kiritilişi böyiça taklif Investitsiya va taşqi savdo vazirligiga topşirildi. 

Obekt hududi “Toşkent-Öş A-373” Farğona-Andijon avtomagistrali 4R-112 yölining Quva tuman markaziga 12,7 km masofasida va Farğona şahridan 34,1 km masofada joylaşgan. Eng yaqin infratuzilma: elektr tarmoği – 3 km, yaqin 6 km hududdan markaziy tabiiy gaz tarmoği va aloqa tarmoği ötgan. Mazkur suv ombori inşooti qişloq xöjaligini rivojlantiriş maqsadida 1967 yili qurib bitkazilgan bölib, suv Isfayram daryosi va Janubiy Farğona kanalidan kelib quyiladi. Uning töliq hajmi 216,0 mln. metr kubni taşkil etadi. Suv yuzasi oynasining maydoni 9,5 ming metr kvadratni taşkil etadi. Suv yuzasining uzunligi 5 kilometr, eni esa 5,5 kilometrdan iborat. Suv omborining maksimal çuqurligi 70 metrga teng.