31 avgust kuni Moskvada siyosiy qatağonlarga qarşi kelişilmagan aksiya bölib ötdi. RBK mazkur aksiya tafsilotlari bilan taniştirdi.

Aksiya qanday ötdi?

Aksiya soat 14:00da Çistiye prudida boşlandi. Yiğilganlar Puşkin maydoni tomon yöl olişdi.

Aksiyada deputatlikka nomzodi röyxatga olinmagan Lyubov Sobol sözga çiqdi.  

Politsiya va Rosgvardiya namoyişçilarning yölini tösmadi va ular Puşkin maydoniga kirib kelmaguniça mitingçilarni tarqalişga çaqirmadi.

15:30larda huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari Puşkin maydonini örab ola boşladi va yiğilganlarni tarqalişga çaqirdi. Oradan yarim soat ötgaç, örab oliş bekor qilindi. 

IIV kelişilmagan aksiya qatnaşçilari 750 nafar bölganini ma'lum qildi.

Meriya nima uçun aksiyaga rozi bölmadi? 

Meriya aksiya ötkazişni rad etişini u piyodalarning harakatlanişiga xalaqit berişi mumkinligi bilan izohladi. Bundan taşqari, Moskvada şu kuni Bilimlar kuniga bağişlangan qator tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan bölgan.

Aksiya ötkazilişiga nima sabab böldi?

Taşkilotçilarning sözlariga köra, mazkur aksiya siyosiy qatağonlarga qarşi qaratilgan. Ularning fikriça, deputatlikka nomzodlari röyxatga olinmagan Ilya Yaşin, Konstantin Yankauskaus va Dmitriy Gudkov, nomzod Yuliya Galyaminalarning hibsga olinişi hamda 27 iyuldagi aksiyalardagi «ommaviy tartibsizliklar» böyiça iş siyosiy qatağonga kiradi.

Avvalgi aksiyalar qanday ötgandi?

13 iyuldan beri törtta aksiya ötkazildi. Ulardan ikkitasi - 20 iyul va 10 avgustdagi aksiyalar hokimiyat bilan kelişilgandi.

27 iyuldagi kelişilmagan aksiyadan söng 1373 kişi hibsga olindi va «ommaviy tartibsizliklar» böyiça iş qözğatildi.

10 avgustdagi kelişilgan mitingga 50 minggaça kişi keldi. Mitingdan söng, turli ma'lumotlarga köra, 136 tadan 244 tagaça kişi qölga olindi.

31 avgustdagi aksiya nimasi bilan farq qildi? 

Politsiya, OMON bölmadi va namoyişçilar yöli tösilmadi.

Ötgan safargi kelişilmagan aksiyalar vaqtidagidan farqli ölaroq, dökon va kafelar yopilmadi va işlaşda davom etdi. 

Hukumat nima uçun kuç işlatmadi? 

Moskva davlat dumasiga böladigan saylovlarga bir hafta qoldi va hukumatga nizo kerakmas, deb hisoblaydi siyosatşunos Rostislav Turovskiy. Uning fikriça, şuning uçun «vaqtinçalik iliqlik» boşlandi.  

Siyosatşunos Aleksandr Pojalov ham uning fikriga qöşiladi. Uning qayd etişiça, hukumatga saylovlar arafasi va birinçi öqiş haftasi ommaviy hibsga olişlarsiz ötişi foydali.