Polşada 1 sentabr kuni Ikkinçi jahon uruşi boşlanganining 80 yilligiga bağişlangan xotira tadbiri bölib ötdi.
Marosimda Polşa prezidenti Andjyey Duda va Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens, şuningdek jami 40dan ortiq davlat delegatsiyalari vakillari, jumladan Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Islandiya, Latviya, Malta, Slovakiya, Sloveniya, Ukraina, Çernogoriya, Çexiya, Xorvatiya va Estoniya prezidentlari qatnaşdi. AQŞ prezidenti «Dorian» töfoni tufayli safarga çiqmadi va örniga vitse-prezidentni yubordi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniyaning yangi boş vaziri Boris Jonson ham Polşaga kelmadi.
Ikkinçi jahon uruşida qariyb 6 million polşalik halok bölgan. 80 yil ötib ham Polşa Germaniyadan yetkazilgan zararlar uçun kompensatsiya talab qiladi.
«Kun.uz» muxbiri ham Varşavada böldi va xotira marosimidan fotoreportaj tayyorladi.








































