Moliya vazirligi DSQ bilan birgalikda Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar iştirokida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini işlab çiqdi.
 
Bu qonun loyihasi ança kutilgan edi. U xalqaro standartlarga yaqinlaştirilişi lozim bölgan yangi soliq tizimining asosi böladi. Soliq kodeksining amaldagi tahriri şu yildan boşlab sezilarli yangilangan.

Biroq, Norma’ning yozişiça, unda eski yondaşuvlarning asoratlari qolgan:

• turli faoliyat turlari uçun talay soliq rejimlari;
• soliq tölovçi huquqlarining deklarativligi;
• qonunga itoatkorligidan qat'i nazar barça soliq tölovçilarga bir xilda tatbiq etiladigan soliq nazorati şakllarining şaffof emasligi.
 
Işlab çiquvçilarning bayonotiga köra, ular uşbu muammolarni hal qilişga harakat qilişgan. Buni ular qançalik uddalaganliklarini mutaxassislar jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan qonun loyihasini diqqat bilan örganib çiqqaç baholaydilar. Biroq hozirning özida quyidagi ijobiy özgarişlar yaqqol közga taşlanmoqda:
 
1. ”Yaşil yölak” – insofli soliq tölovçilar uçun. Nazorat çora-tadbirlari faqat qonunga itoatsiz korxonalarga nisbatan faol qöllaniladi.
 
2. Soliq tölovçi kontragentni tanlaşda özini ehtiyotkor qilişi darkor. Agar siz “bir kunliklar” bilan bitim tuzsangiz, soliqçilar qöşimça soliqlar hisoblaydi.
 
3. Davlat budjeti soliq tölovçilarga penyalar tölaydi. Siz soliqlarni ortiqça töladingizmi yoki ularni sizdan qonunga xilof ravişda uşlab qolişdimi?  Nafaqat uşbu summalarni qaytaradilar, balki MB stavkasi böyiça penya ham tölaydilar.
 
4.Davlat QQS böyiça manfiy saldoni qaytaradi. Buning uçun, agar siz eksport qiluvçi, yirik korxona bölmasangiz, bank kafolatiga ega bölmasangiz, kameral tekşiruvdan ötiş zarur.
 
5. Asosiy vositalar böyiça QQS – darhol hisobga olinadi. Siz uskuna, bino va inşootlar, boşqa asosiy vositalar yetkazib beruvçisiga tölangan QQSni darhol hisobga olişga haqlisiz.
 
6. Soddalaştirilgan QQS bölmasligi mumkin. Soliq kodeksi loyihasida u haqda bayon etilmagan.
 
7. QQS tölovçilar röyxati kengaytirilmoqda. Ularga çet ellik şaxslarning doimiy muassasalari, bozorlar, advokatlik firmalari, qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari qöşiladi.
 
8. Tekin olingan mol-mulk va körsatilgan xizmatlarga QQS solmaslik mumkin. Bitta şart bilan – ular iqtisodiy jihatdan oqlangan bölişi kerak.
 
9. “Google ga soliq”ni joriy etiş közlanmoqda. Davlat jismoniy şaxslar uçun elektron xizmatlar qiymatiga soliq soliş istagida.
 
10. Foyda prognozi va joriy tölovlar böyiça ma'lumotnomalar ötmişda qoladi. Bunga zarurat qolmaydi.
 
11. Xarajatlar asoslangan bölişi kerak. Aks holda, siz ularga foyda soliği solişingiz lozim böladi.
 
12. Investitsiyaviy çegirma foyda soliğida tejaşda yordam beradi. Siz soliq solinadigan foydadan xarid qilingan uskunaning 10%igaça bir yöla çegirma qilişga haqli bölasiz.
 
Bundan oldin, Özbekiston Google, Yandeks, Alibaba, Netflix’ga soliqlar joriy etiş niyatida ekani xabar qilingandi.