Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Özbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi Qonuniga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
3-modda (Umumiy harbiy majburiyat va Harbiy qasamyod):
nomidagi «Harbiy qasamyod» degan sözlar «Vatanga qasamyod» degan sözlar bilan almaştirildi;
oltinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Harbiy xizmatga birinçi marta çaqirilgan yoki ixtiyoriy ravişda (kontrakt böyiça) kirgan fuqarolar Özbekiston Respublikasi davlat bayroği oldida quyidagi mazmunda Vatanga qasamyod qabul qiladilar:
«Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli bölmiş muqaddas bayroqni öpib, buyuk ajdodlarimning pok ruhlari oldida, vatanim oldidagi burçimni halol bajarişga bel boğlab, vijdonim, or-nomus va şa'nimni örtaga qöyib:
Özbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bölişga, Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlarini, ona xalqimning tinçligi va osoyiştaligini, milliy manfaatlarini sönggi nafasimgaça himoya qilişga, Özbekiston Respublikasiga qarşi qaratilgan har qanday tajovuz va ğarazli harakatlarga qarşi ayovsiz kuraşişga, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlari va umumharbiy nizomlarga qat'iy amal qilişga, davlat va harbiy sirlarni saqlaşga, Quruqlikda, suvda, havoda - har qanday şaroitda ham öz burçimni vijdonan bajarişga, har qanday maşaqqatli sinov va qiyinçiliklarda ham el-yurtimning yuksak işonçini oqlaşga tantanali ravişda qasamyod qilaman!».












