Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.

Hujjat Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan.

Özbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida»gi Qonuniga quyidagi qöşimça va özgartişlar kiritildi:

8-moddaning (Terrorizmga qarşi kuraş böyiça davlat organlari):

birinçi qismi (Terrorizmga qarşi kuraşni amalga oşiruvçi davlat organlari quyidagilardan iborat) quyidagi mazmundagi törtinçi xatboşi bilan töldirildi:

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati»;

quyidagi mazmundagi 9-2-modda bilan töldirildi:

«9-2-modda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarşi kuraş sohasidagi vakolatlari

Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, uning oila a'zolari, şuningdek Özbekiston Respublikasi hududida bölgan davrda qöriqlanişi lozim bölgan çet davlatlar va hukumatlar boşliqlarining, xalqaro taşkilotlar rahbarlarining va boşqa şaxslarning xavfsizligini hamda şaxsiy daxlsizligini ta'minlaydi;

qöriqlanuvçi şaxslarning doimiy va vaqtinçalik taşrif buyuradigan joylari, şuningdek harakatlaniş yönalişlari xavfsizligini ta'minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boşqa vakolatlarni amalga oşiradi».