Jizzax viloyati xalq ta'limi boşqarmasi rahbari Dilfuza Sadriddinova viloyatda bugungi kunda xalq ta'limi tizimidagi yangiliklar, muammo va kamçiliklar, ularni bartaraf etiş borasida olib borilayotgan işlar xususida öz fikrlarini bildirdi.

Jizzax viloyati xalq ta'limi boşqarmasiga rahbar etib saylanganimga köp bölgani yöq. Viloyatimiz ta'lim tizimini rivojlantiriş borasida bugungi kunda qisqa vaqtda bölsa-da, bir qator loyihalar amalga oşirişga erişdik deb öylayman. Jumladan, umumiy örta ta'lim maktablarida ta'lim sifatini oşiriş, ularni rivojlantiriş, maktabda ma'naviy soğlom muhitni yaxşilaş maqsadida “Ustoz-şogird” tamoyilida “Progress” rivojlantiriş klubi loyihasi işlab çiqildi va amaliyotga joriy etildi. Viloyatimizda mavjud 542 ta maktab tumanlar kesimida 3 toifada tahlil etildi, ya'ni “Yuqori rivojlangan” maktablar, “Örtaça rivojlangan” maktablar va “Past rentabilli” maktablar. 542 ta maktabdan 144 tasi ilğor, 270 tasi örtaça faoliyat körsatadi va 131 ta maktab yordamga muhtoj, uşbular aniqlangaç, klubning Nizomi işlab çiqilib, ilğor-yuqori körsatgiçlarda faoliyat körsatayotgan maktablarga past natijalarda harakatlanayotgan maktablar rahbarlarini biriktiriş, uşbu maktabda ustoz-şogird tamoyilida aniq örganişi va örgatişi lozim bölgan vazifalar belgilandi va amaliyotga yönaltirildi.

Viloyat xalq ta'limi tizimida muammolardan yana biri ariza va şikoyatlarning keskin köpaygani, aksariyat ariza va şikoyatlar maktab rahbarlarining nojöya xatti-harakatlari, ota-onalar va pedagoglarning örtasidagi munosabatning buzilganligi natijasida yuzaga kelganligi aniqlandi. Bularni bartaraf etiş borasida, “Jizzax-ta'lim, adolat va işonç” telegram boti oçilib, unga viloyatdagi barça ota-onalar va öqituvçi pedagoglarni a'zo qiliş va tarğibot işlari boşlandi. Botga murojaatlar joylarda örganilib, ijobiy natijalarga erişilmoqda. Natijada, 2 oylik tahlillarga köra, jismoniy şaxslarning murojaatlari joriy yil iyul oyida jami 66 ta turli körinişda qayd etilgan bölsa, avgust oyida bu murojaatlar 32 tani taşkil etdi.

Bugungi kunda  Jizzax viloyati xalq ta'limi boşqarmasining özida “Progress” rivojlantiriş laboratoriya Markazi taşkil etildi. Unga alohida xona ajratilib, 20 dona zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlandi. Markaz onlayin kuzatuv va masofaviy öqitişga möljallangan bölib, uning maqsad va vazifalari rahbar kadrlar faoliyatini prognozlaştiriş, malakasini oşiriş, zaxira kadrlar bankini yaratişdan iborat. Bugungi kunda 542 ta umumiy örta ta'lim maktab direktorlari laboratoriyadan ötkazilib, aniqlangan böşliqlar yuzasidan şu markazning özida öquvlar  taşkil etildi. Bu laboratoriya markazi tizimli ravişda işlaşi ta'minlanadi. Markaz işi rahbar va pedagog hodimlarning bugungi kunda ta'lim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarni amalda joriy etiş yöllari, ta'lim muassasalardagi mavjud muammolarni bartaraf etiş könikmalarini şakllantiriş, eng avvalo ta'lim sifati va samaradorligini oşirişga qaratilgandir. Markazga tajribali, hozirgi kunda nafaqadagi faxriy ustozimiz Saidahmad Mirzabekov rahbarlik qilmoqda. Şuningdek, joriy yilning sentabr oyidan boşlab, uşbu markaz qoşida çekka hududlarda faoliyat körsatayotgan pedagoglarga metodik xizmat körsatiş tizimi joriy etilişi rejalaştirilgan

Ayni kunlarda öquvçilarning  iqtidorini aniqlaş va uni yuksaklaştiriş, ilmiy- amaliy yondaşuv bilan bolalarni bilimga qiziqtiriş masalalariga e'tibor qaratilyapti. Xalq ta'limi boşqarmasi qoşida “Intellektual kelajak” bolalar akademiyasi taşkil etilmoqda. Şu kunlarda Germaniyadagi eng nufuzli gimnaziyalari bilan hamkorlik qiliş borasida muzokaralar olib boryapmiz,  eng tajribali öqituvçilarning aynan viloyatimizga işlaşga taklif etiş niyatidamiz. Bugun biz Innovatsion ta'limga kiriş uçun soğlom raqobatni kuçaytirişimiz kerak, bu boradagi rejalarimizni bosqiçma-bosqiç amalga oşiramiz. 

Barça maktablarda bölgani kabi viloyatdagi umumta'lim öquv dargohlarida ham “Bilimlar kuni” ni nişonlandi, “Mustaqillik dars” lari bölib ötdi. Bu darslarni viloyat hokimligidan tortib barça taşkilot rahbarlari ötib berişdi. Maktab pedagogik jamoalari, öquvçilar va ularning ota-onalari bilan taşkil etilgan uçraşuvlar va dars soatlari mamlaktimizning ertasi bölgan öquvçi yoşlar könglida ezgu orzu umidlar uyğotişi şubhasiz.

Respublika rahbarining 23 avgust kungi videoselektorida quyidagilar ta'kidlandi, ya'ni maktabni özgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni özgartirib bölmaydi. Ta'lim tarbiyaning asosi, poydevori bu — maktab. Maktabni maktab qiladigan kuç esa öqituvçilardir. “Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi” biz şu maktabda şunday kelajakni tarbiya qilaylikki, toki ular intellektual bilimli, ijodiy va tanqidiy fikrlovçi, qat'iy pozitsiyaga ega böliş bilan bir qatorda, madaniyatli, ma'rifatli, ongu şuuri ilm bilan yöğrilgan, vatanparvarlikni yurakdan his eta oladigan, kamtar, samimiy, sadoqatli va adolatli bölsin.

Jizzax viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi