2019 yil 6 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalari körib çiqildi.

Kun tartibidagi masala - “Ta'lim töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni yangi tahrirdagi loyihasining birinçi öqişdagi muhokamasi qizğin keçdi.

Loyiha taşabbuskorlari qonun loyihasiga bir qator yangi normalar, tuşunçalar va moddalar kiritişgan. Xususan, katta yoşdagilar ta'limi, maxsus ta'lim, inklyuziv ta'lim, yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan şuğullaniş, davlat-xususiy şeriklik, ta'lim sohasiga investitsiyalarni kiritiş, sohada davlat nazorati, ta'lim muassasalarining özini özi baholaşi, ta'lim iştirokçilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, ta'limda eksperimental, innovatsion faoliyat bilan boğliq yönalişlar degan mutlaqo yangi norma va tuşunçalar şular jumlasidandir. 

Yangi tahrirdagi qonun loyihasida sinovdan ötgan mukammal normalar saqlab qolingan holda, ta'lim sohasidagi davlat boşqaruv organlarining vakolatlari va ta'lim muassasalarining faoliyati erkinligini kengaytirişni nazarda tutuvçi yangi normalar va boşqa tuşunçalar öz aksini topmoqda.

Deputatlarning qayd etişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi ta'lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etişga, soha işini tubdan takomillaştiriş va ta'limni xalqaro hamjamiyat bilan uyğunlaşgan holda olib boriş uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, fuqarolarning xorijda ta'lim olişi, çet elda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarning tan olinişi, şuningdek, ilk bor mamlakatda butun umr ta'lim konsepsiyasining kiritilişi kabi masalalarning qonun loyihasi normalarida ilgari surilişi ta'lim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yangi bosqiçga kötaradi.