6 sentabr kuni Turkiston viloyatining Sariağaş tumanidagi quriliş maydonida Özbekiston fuqarosi A.B. balandlikdan qulab tuşgan va vafot etgan. Bu haqda Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga tayanib TIV matbuot xizmati xabar qildi.
“Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan tezkor aloqa örnatgan hamda marhumning jasadini vatanga jönatiş böyiça konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qiliş bilan şuğullanmoqda”, deyiladi xabarda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi hamda Qozoğistonning Olmaota va Çimkent şaharlari, Olmaota, Şarqiy Qozoğiston, Turkiston, Jambil va Qizilörda viloyatlari hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasiga +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16 telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi.












