Taşqi işlar vazirligida BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va Ömonning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
«Uçraşuvda Yaqin Şarqdagi vaziyat böyiça fikr almaşdik. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan holatlar yuzasidan xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuçayişiga yöl qöymaslik, şuningdek barça nizolarni diplomatik yöllar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etiş muhimligini ta’kidladik. Özbekiston bilan Körfaz arab davlatlari örtasidagi ikki va köp tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş, «Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi» formati doirasida hamkorlikni kengaytiriş masalalarini ham muhokama qildik», deyiladi xabarda.












