Özbekistonga Yaqin Şarq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 8 mart soat 07:00 da 19 347 nafarni taşkil etdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 7 mart kuni Saudiya Arabistonidan 9 ta reys amalga oşirilib, 1 680 nafar, Birlaşgan Arab Amirliklaridan 2 ta reys orqali 394 nafar fuqaro vatanga olib kelindi.
Şuningdek, Erondan ham 5 nafar fuqaro Özbekistonga qaytarildi.
Qatar va Saudiya Arabistonidagi elçixonalar Transport vazirligi bilan birgalikda Doha şahrida bölgan Özbekiston fuqarolarining birinçi guruhini (208 nafar) evakuatsiya qildi.
Şu bilan birga, Qatardagi diplomatik vakolatxona tomonidan keyingi evakuatsiyani amalga oşiriş doirasida fuqarolarning ikkinçi guruhi (126 nafar) şakllantirildi. Ular diplomatlar hamrohligida elçixona tomonidan ijaraga olingan avtobuslarda Doha şahridan olib çiqilib, Riyod—Toşkent yönalişi böyiça 8 mart kuni amalga oşiriladigan charter reysi orqali evakuatsiya qilinişi rejalaştirilgan.
Ta’kidlanişiça, vatandoşlarni Özbekistonga qaytariş böyiça çora-tadbirlar tizimli va bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.









