Markazlaştirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalaştiriladigan quriliş obektlarining hisoblangan qiymatini körib çiqiş va özgartirişlar kiritiş tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Hujjat Prezidentning 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan va loyiha-smeta hujjatlariga (LŞ) özgartirişlar kiritilganda quriliş, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlaş obektlari qiymatini aniqlaştiriş va moliyalaştiriş böyiça xulosalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritiş mexanizmini belgilaydi.
 
Nizom har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturi (2020 yildan – 3 yil uçun qabul qilinadi) doirasida markazlaştirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalaştiriladigan quriliş  obektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
 
Uning natijasida quyidagilarning narxi oşib ketadigan LŞlariga özgartirişlar kiritiş (asosli ravişda loyiha yeçimlarini yaxşilaş, şuningdek, işlab çiqilgan loyihada ilgari yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida) masalalari körib çiqiladi:

• tenderlar yoki tanlovlar natijalari böyiça aniqlangan şartnoma qiymati (yildan yilga ötuvçi obektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab çiqiş holatlaridan taşqari, davlat ekspertiza organlarining tegişli xulosasi asosida obektning fizik iş hajmlari, boşqa işlab çiqariş xarajatlarini aniqlaştiriş, foydalaniladigan resurslarni özgartiriş hamda loyihani tuzatiş);

• boş pudratçi taşkilotning Prezident yoki Hukumatning qarorlariga köra belgilangan obektlar böyiça smeta qiymati (yildan yilga ötuvçi obektning qoldiq qiymatini qayta hisoblab çiqiş, şuningdek, obektning fizik iş hajmlarini, boşqa işlab çiqariş xarajatlarini aniqlaştiriş hamda loyihani tuzatiş, foydalaniladigan resurslarni va ularning narxlarini özgartiriş).
 
Murojaatlarni körib çiqiş tartib-taomili
 
Obekt qiymatining oşişi asoslanganligini körib çiqiş uçun vazirliklar va idoralar, viloyatlar hokimliklari, davlat korxonalari (taşabbuskorlar) bir vaqtning özida:

• quriliş, moliya hamda iqtisodiyot va sanoat vazirliklariga;
• çet el kreditlari va Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan obektlar böyiça - Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga murojaat etadi.
 
Quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

• taşabbuskorlar rahbarlarining loyihaga özgartirişlar kiritişning aniq sabablari körsatilgan holda tegişli bayonnomasining asl nusxasi;
• ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta körib çiqişga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlar (loyiha-smeta körsatkiçlari);
• ilgari tasdiqlangan loyiha böyiça axborot: loyihalaştiriş topşiriği, yiğma resurs smetasi, ekspert xulosalari;
• tasdiqlangan şaklga muvofiq tuzilgan va özgartirilgan loyihaning asosiy körsatkiçlari;
• aniqlaştirilgan yiğma resurs smetasi va yiğma ma'lumot;
• obektni quriş qiymatining yiğma resurs smetasi boblarining xarajatlar turlari böyiça taqsimlangan qiyosiy röyxati;
• quriliş narxining oşib ketişiga sabab bölgan çizmalar va hisob-kitoblar;
• loyihani qayta körib çiqiş mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qöşimça kelişiş töğrisidagi zarur hujjatlar;
• taşabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan özgarişlar böyiça bayonnomasi.
 
Materiallar mas'ul vazirliklar tomonidan xulosalar (ijobiy yoki salbiy) berilgan holda 10 iş kuni içida körib çiqiladi. Quriliş vazirligi ularni jamlaydi va masala ijobiy hal qilinganda 6 iş kuni içida Adliya vazirligi bilan kelişilgan qaror loyihasini tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
 
Asossiz ravişda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni şakllanişiga yöl qöymaslik maqsadida kiritilayotgan qöşimça özgartirişlar böyiça Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori tasdiqlangunga va obektni foydalanişga topşiriş muddati uzaytirilgunga qadar quriliş-montaj işlarini bajariş töxtatib turiladi.
 
Hujjat 6.09.2019 yildan kuçga kirdi.