Janubiy koreyalik harbiylarning ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreya 10 sentyabrda Pxyonan-Namdo provinsiyasidan Yapon dengizi tomon 2 ta noma'lum turdagi snaryadni uçirdi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, snaryadlarning uçiş uzoqligi 330 kmni taşkil qilgan. Snaryadlar mahalliy vaqt bilan soat 6.53 va 7.12da uçirilgan. 

Şimoliy Koreya oxirgi 1,5 oydan beri 8- va may oyidan beri 10-uçirişni amalga oşirdi. Yapon harbiylarining ta'kidlaşiça, uşbu raketalar uçta yangi modifikatsiyadagi raketalar hisoblanadi. Şimoliy Koreya 4 va 9 may, 25 iyul va 6 avgustda “Iskander” turidagi raketalarga öxşaş kiçik masofadagi raketalarni uçirgan. 24 avgustda Pxenyan “öta yirik yalpi öt oçiş reaktiv tizimi” deb atagan snaryadlarni uçirgan. Şuningdek, 10 va 16 avgustda qattiq yonilğidagi kiçik masofalarga möljallangan raketalar uçirilgan.