2026-yil yozidagi kuçli issiqlik toğlardagi muzliklarning erişini tezlaştirgan. Natijada bir asrdan ortiq vaqt davomida muz ostida saqlanib kelgan harbiy öq-dorilar oçilib qolgan.

Ayrim snaryadlarni toğda sayr qilayotgan sayyohlar payqagan. Topilmalar haqidagi xabarlar, jumladan, Trentino provinsiyasining şarqidagi Primyero vodiysida joylaşgan Kanal-San-Bovo hududidan kelib tuşgan.

Italiya armiyasi maʼlumotiga köra, öq-dorilarni olib çiqiş va zararsizlantiriş işlarini Julia alp brigadasining sapyorlari bajargan. Ular Kanal-San-Bovo bilan birga mintaqaning boşqa baland toğli hududlarini ham tekşirgan.

Foto / © Julia Alpine brigade

Topilgan öq-dorilar «Oq uruş» davridan qolgan. Bu atama Birinçi jahon uruşi paytida, 1915–1918-yillarda Avstro-Vengriya va Italiya qöşinlari örtasida Alp toğlarida keçgan janglarni anglatadi.

Uruş tugaganiga bir asrdan oşgan bölsa ham, muz ostida qolgan öq-dorilarning bir qismi portlaş xavfini saqlab qolgan. Şu bois ularni zararsizlantirişga maxsus tayyorgarlikka ega harbiylar jalb etilgan.

Mavsumiy tozalaş işlari 16-oktabrda yakunlangan. Operatsiyaning oxirgi haftasida Kanal-San-Bovo hududida 55 ta portlovçi buyum zararsizlantirilgan. Ular orasida Italiyada işlab çiqarilgan 75 millimetrli 18 ta artilleriya snaryadi va Fransiyada tayyorlangan 37 ta Thevetot minomyot öq-dorisi bölgan. Fransuz öq-dorilaridan öşa davrda Italiya qirollik armiyasi ham foydalangan.

Foto / © Julia Alpine brigade

Butun mavsum davomida esa mintaqaning turli toğli qismlaridan jami 250 dan ortiq portlovçi buyum olib çiqilib, zararsizlantirilgan.

Muzliklarning erişi «Oq uruş»dan qolgan buyumlarni yuzaga çiqarayotgani birinçi marta kuzatilayotgani yöq. Mutaxassislar bunday topilmalarning oçilib qolişini global isiş va muzliklarning çekinişi bilan boğlamoqda.

Harbiylar toğlarda şubhali öq-doriga duç kelgan kişilar unga tegmasligi, joyidan qözğatmasligi va topilma haqida mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berişi kerakligini eslatgan.