2019 yil oxiriga qadar Turkmaniston Respublikasi öz brendi ostida kompyuterlarni işlab çiqaradi va ularni Markaziy Osiyoning barça davlatlariga yetkazib berişni rejalaştirmoqda, deb xabar beradi «Turkmen Dovlat Xabarlari».
2018 yil oktabr oyida Xitoyning Hengsheng Lianhua Investment Management Co. Ltd. va Tongfang Hongkong Limited kompaniyalari bilan hamkorlikda kompyuter texnikasini işlab çiqaruvçi «Oğzibirlik Tilsimoti» korxonasi taşkil qilingan edi. Bu yili uşbu korxona tomonidan bolalar uçun möljallangan 80 mingta kompyuter işlab çiqarildi va prezident Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan birinçi sinf öquvçilariga sovğa qilindi.
Xabarga köra, bugungi kunda korxonada noutbuk, planşet, monoblok, şaxsiy kompyuter va hatto serverlarni işlab çiqariş yölga qöyilmoqda va ularning sonini yiliga 500 mingtaga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bu esa yuqori texnologiya tovarlari importini kamaytirib, öz mahsulotini eksport qiliş va bu boradagi prezident topşiriğini bajariş imkoniyatini beradi.
Ta'kidlanişiça, «Oğzibirlik Tilsimoti» korxonasi Markaziy Osiyoda kompyuter texnikasini işlab çiqaruvçi yagona zavoddir. Bu esa turkman brendi ostidagi mahsulotlarni qöşni mamlakatlarga ham yetkazib beriş imkoniyatini oşiradi.
Hozirgi kunda korxona «Maykrosoft» va «Intel» kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Öz navbatida ular Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston va Afğonistondagi dilerlarga turkman kompyuterlarini xarid etişni tavsiya qilgan.












