Toşkent harbiy okrugidagi dala-öquv maydonida Özbekiston va Qozoğiston Mudofaa idoralari hamkorligida «Qalqon – 2019» maxsus-taktik öquvlari boşlandi. 

Tadbirning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari, Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği general-mayor P.Ergaşev va Qozoğiston mudofaa vazirligi mas'ul ofitseri polkovnik J.Jantasov iştirok etdi. 

Tadbirda sözga çiqqanlar hamkorlikdagi maşğulotlar harbiy xizmatçilarning jangovar salohiyati, perofessional bilimlari, xalqaro terrorizmga qarşi hamkorlikda kuraşişdagi mahoratini oşiriş, özaro tajriba almaşiş maqsadida ötkazilayotganligini ta'kidladi.

«Qalqon – 2019» öquvlari davomida harbiy aviatsiya kuçlari, jangovar zirhli texnikalar qöllanilişi, desantlaştiriş jarayonlari, kunduzgi va tungi şaroitlarda öq otiş maşqlari kabi qator maşğulotlar ötkaziladi. 

Xalqaro harbiy hamkorlik doirasidagi maxsus-taktik tadbirlar 14 sentyabrga qadar davom etişi rejalaştirilgan.