Özbekistonda avtomototransport vositalarini Davlat yöl harakati xavfsizligi organlarida röyxatdan ötkazişda tölanadigan yiğimlar miqdori qayta körib çiqiladi.
2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillaştiriş böyiça “Yöl xaritasi”da aytilişiça, bu fuqarolarning közböyamaçilik uçun tuzilgan bitimlar (işonçnoma) rasmiylaştiriş holatlariga barham beriş yuzasidan amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, tegişli tahliliy ma'lumot takliflar bilan 2019 yil noyabr oyigaça taqdim etiladi. Ijro etilişiga mas'ul - Adliya vazirligi (Davletov), Içki işlar vazirligi (Bobojonov), Moliya vazirligi (Işmetov,) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xöjayev).
Avvalroq, 1 oktyabrdan boşlab yaqin qarindoşlar örtasida notarial tasdiqlangan avtoişonçnoma bekor qilinişi xabar berilgandi.












