AQŞ prezidenti Donald Tramp tinçlik muzokaralari bekor qilinganidan söng toliblarga qarşi yangi zarbalar berişni va'da qildi.

"Biz tinçlik muzokaralari ötkazişni rejalaştirgandik. Bir neça kun avval ular puerto-rikolik Amerika askarini va 11 nafar begunoh insonni öldirişganini bildim. Keyingi tört kun davomida duşmanlarimizga qarşi har qaçongidan ham keskinroq zarba berdik. Va bu davom etadi", - dedi Tramp.

Avvalroq Tramp toliblar Afğonistondagi navbatdagi terakt uçun javobgarlikni zimmasiga olganidan söng "Tolibon" bilan tinçlik muzokaralari ötkaziş bekor qilinganini bildirgandi.

AQŞ va "Tolibon" harakati rahbariyati örtasida bir neça bor muzokaralar ötkazilgandi.