Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi taşviqotini olib boriş tartibi töğrisidagi Nizom loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga köra, saylovoldi taşviqoti – saylov kampaniyasi davrida amalga oşiriladigan va saylovçilarni deputatlikka nomzodni yoqlab ovoz berişga undaşga qaratilgan faoliyat.
Saylovoldi taşviqoti deputatlikka nomzodlar tegişinça Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov ötkazuvçi viloyat tuman va şahar saylov komissiyalari tomonidan nomzodlarni röyxatga oliş uçun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e'tiboran boşlanadi va ovoz beriş boşlanişidan bir kun oldin tugaydi.
Deputatlikka nomzodlar saylovoldi taşviqotini ötkaziş borasida teng huquqlarga ega.
Deputatlikka nomzodlar deputat etib saylanişi uçun uning nomidan işonçli vakillar saylovoldi taşviqotini olib borişlari mumkin.
Deputatlikka nomzodlarga özining kelgusidagi faoliyati dasturi, siyosiy partiyaning dasturi va saylovoldi platformasi bilan sözga çiqiş huquqi beriladi. Siyosiy partiyaning dasturi va saylovoldi platformasi davlat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarşi qaratilmagan bölişi, xalqning salomatligi hamda ma'naviyatiga tahdid solmasligi, uruşni, milliy nafratni, irqiy va diniy adovatni tarğib qilmasligi, konstitutsiyaviy tuzumni zörlik işlatib özgartirişga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda erkinliklarini çeklovçi harakatlarga da'vat qilmasligi kerak.
Saylovoldi taşviqoti:
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi töğrisidagi axborotni özining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berişga da'vat etgan holda tarqatiş;
deputatlikka nomzod haqida axborot tarqatib, uni yoqlab ovoz berişga çaqiriş şaklida ötkaziladi.
Saylovoldi taşviqoti omma oldida oçiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yiğilişlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida çiqişlar, roliklarni joylaştiriş şaklida olib borilişi mumkin.
Saylovoldi taşviqoti:
ommaviy axborot vositalari (OAV), şu jumladan televideniye, umumiy foydalanişdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (şu jumladan butunjahon Internet axborot tarmoği) orqali;
bosma, körgazmali, audiovizual va boşqa taşviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boşqa materiallarni) çop etiş hamda tarqatiş;
saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkaziş orqali amalga oşiriladi.
Saylovoldi taşviqoti davrida uni olib borişning Saylov Kodeksi va uşbu Nizomda taqiqlanmagan boşqa turlari, şakllari va usullaridan ham foydalanilişi mumkin.
Deputatlikka nomzodlar saylovoldi taşviqotini ötkazişning turlari, şakllari va usullarini mazmun-mohiyatini mustaqil belgilaydilar.
Saylovoldi taşviqoti materiallari quyidagilar hisoblanadi:
nomzod uçun ovoz berişga çorlovçi bosma, körgazmali, audiovizual materiallar;
nomzodga oid plakatlar, bannerlar, varaqalar;
OAVda qöyiladigan nomzod uçun ovoz berişga çorlovçi video va audio roliklar.
Deputatlikka nomzodlarning avtobiografik ma'lumotlari va ularning saylovoldi dasturlari töğrisidagi tegişinça Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va şahar saylov komissiyalarining axborot materiallari saylovoldi taşviqoti materiallari hisoblanmaydi.
Saylovoldi taşviqotini saylovçilarga tovarlarni, xizmatlarni (axborot xizmatlari bundan mustasno) bepul yoki imtiyozli asoslarda taqdim etiş, şuningdek pul mablağlari tölaş orqali ötkaziş taqiqlanadi.
Notöğri axborotni, şuningdek nomzodlarning şa'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma'lumotlarni tarqatiş taqiqlanadi.
Deputatlikka nomzodlarga saylovoldi taşviqotini ötkaziş uçun mablağlar Davlat budjetidan ajratiladi. Deputatlikka nomzodlarga boşqa manbalardan pul mablağlarini ötkaziş (kiritiş), tovarlar yetkazib beriş, işlar bajariş, xizmatlar körsatiş şaklida moliyaviy ta'minlaş va boşqaça tarzda moliyaviy qöllab-quvvatlaş taqiqlanadi.
Siyosiy partiyadan körsatilgan deputatlikka nomzod saylov kampaniyasida iştirok etişini moliyalaştiriş uçun ajratiladigan budjetdan mablağlarining hajmi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan teng uluşlarda belgilanadi va siyosiy partiya e'tiboriga yetkaziladi.
Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzodning saylovoldi taşviqotini ötkazişni moliyalaştiriş Markaziy saylov komissiya tomonidan Respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar kengaşlariga nomzodning saylovoldi taşviqotini ötkazişni moliyalaştiriş viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlariga nomzodning saylovoldi taşviqotini ötkazişni moliyalaştiriş tuman va şahar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.












