Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Nodir Xöjamquloviç Murotov Jismoniy tarbiya va sport vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nodir Xöjamquloviç Murotov

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, mazkur lavozim şu kungaça vakant edi.

Nodir Murotov oliy ma'lumotga ega, Guliston davlat universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodçi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri mutaxassisligiga ega.

N.Murotov mehnat faoliyatini Boyovut tumanidagi “Murod” fermer xöjaligida iş yurituvçi lavozimidan boşlab, söngra Respublika ta'lim markazi hamda Xalq ta'limi vazirligida turli lavozimlarda işlagan.

2019 yildan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat xaridlarini tartibga soliş va Monitoring boşqarmasi boşliği örinbosari, Davlat xaridlarini boşqariş metodologiyasi bölimi boşliği lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi.