Yiğilişda qayd qilinişiça, yaqinda imzolangan Prezident qarori bilan sportga homiylik qilaman degan tadbirkorlar uçun manfaatli şaroitlar yaratildi. Endi federatsiya bir yillik xarajatining 20 foizi miqdorida homiylik qilgan tadbirkor boşqaruv a’zolari tarkibiga kiradi. Professional futbol klubining yillik 20 foiz xarajatini qoplagan tadbirkor klubni işonçli boşqaruvga olişi mumkin böladi.
“Umuman, Özbekistonda sport inson salomatligi va yuqori natijalar garovi böliş bilan birga daromad keltiradigan sohaga ham aylanişi zarur”, dedi davlat rahbari.
Misol uçun, futbol böyiça milliy çempionat öyinlari ba’zida iş vaqtida ötkazilayotgani, şu bois, muxlislar davomati kutilganidek bölmayotgani körsatib ötildi.
Agar öyin vaqti dam oliş kuni yoki iş kunlari keçki soat 19:00 dan keyin belgilansa, stadionlar atrofida aholiga qiziqarli qöşimça xizmatlar, musiqiy va köngiloçar tadbirlar taşkil qilinsa, öyin kunlari muxlislar uçun qulay transport qatnovi yölga qöyilsa, raqib jamoa muxlislariga arzon futbol turpaketlari taklif qilinsa, klublar uçun 2-3 karra köp tuşum, muxlislar uçun mazmunli hordiq, tadbirkorlarga qöşimça daromad böladi.
Mutasaddilarga mana şu işlar orqali stadionlarga muxlislar taşrifini keskin oşiriş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi.
Yiğilişda joylarda 39 ta oçiq va yopiq sport inşooti ta’mirtalab bölgani bois, töliq foydalanilmay turgani körsatib ötildi. Mutasaddilarga bu joylarni zamonaviy sport majmualariga aylantiriş uçun qulay şartlarda xususiy şeriklikka beriş böyiça qaror loyihasini işlab çiqiş topşirildi.
Bugun 100 mingdan ortiq yoşlar olimpiya öyiniga kirmagan sport turlari bilan doimiy şuğullanyapti. Ular dzyudo, sport kuraşlari, taekvondo, qiliçbozlik, oğir atletika kabi olimpiya sport turlari uçun tayyor zaxira ekani ta’kidlandi.
Sport vazirligi va hokimlarga sport maktablarida yoşlar qiziqadigan noolimpiya sport turlari böyiça ham seksiyalar faoliyatini yölga qöyiş topşirildi.
Şuningdek, Özbekiston noolimpiya sport turlari konfederatsiyasini taşkil qiliş taklifi ma’qullandi.
“Şu örinda yana bir masalaga töxtalmoqçiman: ötgan hafta yangi qonunni qabul qilib, har bir vazir, federatsiya rahbari, hokimni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mas’uliyati, majburiyati va javobgarligini aniq belgilab qöydik. Bundan buyon uşbu rahbarlardan talab ham, sörov ham şunga yaraşa böladi!”, dedi prezident.












