Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişga qarşi kuraşiş boşqarmasi xabariga köra, 2019 yilning 8 sentabr kuni Toşkent viloyatining Olmaliq şahar IIB tezkor xodimlari tomonidan şu şaharning Mustaqillik köçasida tadbir ötkazilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi ma'lumotida aytilişiça, unda 1978 yilda tuğilgan Q.S. 1 kg. 791 gr. marixuana giyohvandlik vositasini olib ketayotgan vaqtida uşlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












