Afğonistonda IŞID tarafdorlari soni oşib borayotgani “Markaz-2019” strategik ştab-qömondonlik maşğulotlarining ahamiyati va dolzarbligini yanada oşiradi. Bu haqda Tojikiston aeromobil qöşinlari ştabi boşliği polkovnik Jahongir Nazaralizod maşğulotlar oçiliş marosimida aytib ötdi.

"IŞID xalqaro terrorçilik taşkiloti Suriya va Iroqda mağlubiyatga uçraganidan söng uning kuçlari Afğonistonga köçib ötdi. Taşviqot va jalb etiş işlari hisobiga Afğoniston hududida IŞID tarafdorlari kun sayin köpayib bormoqda", - dedi Nazarolizod.

Polkovnikning qayd etişiça, bu holat xavfsizlikni kuçaytirişni öylaşga sabab böladi.

Ştab-qömondonlik maşğulotlari 16-21 sentyabrda bölib ötadi. Maşğulotlarda Rossiya, Xitoy, Pokiston, Qirğiziston, Hindiston, Qozoğiston, Tojikiston va Özbekistondan jami 128 ming nafar harbiy xizmatçi qatnaşadi. Şuningdek, 20 ming birlikdan ortiq texnika, 600ga yaqin uçuvçi qurilmalar va 15tagaça kema jalb etiladi.