2019 yil 9 sentyabrdan quriliş obektlari uçun loyiha-tadqiqot işlari qiymatini aniqlaşning yangi tartibi joriy etildi. Ilgari amal qilgan tartib öz kuçini yöqotdi, deb yozmoqda Norma.
Yangi Nizom talablari, xuddi avvalgidek, markazlaştirilgan manbalar, davlat boşqaruv organlari va davlat korxonalari mablağlari hisobiga moliyalaştiriladigan quriliş obektlari uçun loyiha-tadqiqot işlari qiymatini aniqlaşda qöllaniladi, boşqa manbalar hisobiga moliyalaştiriladigan quriliş obektlari uçun tavsiyaviy xarakterga ega.
Buyurtmaçi tomonidan loyiha-tadqiqot işlarining qiymati loyiha-tadqiqot hujjatlarini (loyiha, işçi loyiha va işçi hujjatlar) işlab çiqiş, şuningdek işçi loyihalaşdan oldingi texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitob bosqiçlarida buyurtmaçi tomonidan aniqlanadi. Loyiha işlarining joriy narxlarda belgilangan qiymati uşbu işlarning ijroçisini aniqlaş uçun davlat xaridlarini amalga oşirişda boşlanğiç qiymat sifatida qöllaniladi.
Loyiha işlarining qiymatini aniqlaş mexanizmi özgarmadi. Summa quriliş obektining murakkablik darajasidan va belgilangan röyxat böyiça alohida xarajatlarni kiritgan holda obekt qiymatidan kelib çiqib hisoblanadi. Hisob-kitoblar tasdiqlangan formulalar böyiça amalga oşiriladi.
Şu bilan birga loyiha işlarini amalga oşiriş muddatlari belgilandi:
• kapital ta'mirlaş obektlari böyiça - 1,5 oy;
• rekonstruksiya obektlari böyiça - 3 oy;
• namunaviy loyihalar va bazaviy loyihalar asosida yangi qurilayotgan obektlar böyiça - 3–4 oy.
Buyurtmaçi va loyiha taşkilotlari örtasida tuziladigan şartnomada loyiha-tadqiqot hujjatlarini işlab çiqiş muddatlari körsatiladi.
Bundan taşqari, loyihalaştirişni murakkablaştiruvçi omillar röyxatiga tuzatişlar kiritildi, uşbu omillarga qarab tuzatiş koeffitsiyentlari belgilanadi. Röyxatdan yer uçastkasi seysmik bardoşligining 7-8 ballik hisobi çiqarib taşlandi (faqat 9 ballik hisobi saqlanib qolindi), murakkab yer uçastkalarida (hududning ziçligi, sizot suvlar darajasi yuqori bölgan va boşqalarda) obekt qurilişi, arxitektura, texnika va muhandislikka oid qarorlarni qöllaş borasida yangiliklar kiritildi. Ularning örniga loyihalarni BIM (Building Information Management) texnologiyalari asosida bajariş va «Fast track» usulida loyihalaştiriş (bir vaqtda loyihalaştiriş, xarid qiliş va quriliş işlari) joriy etildi.
Şuningdek quyidagilarni belgilaş tartibiga tuzatişlar kiritildi:
• işçi loyihani işlab çiqiş qiymatining hisob-kitob darajasi;
• turli bosqiç va jarayonlarda loyihaoldi-asoslovçi hujjatlarni va işçi hujjatlarni işlab çiqiş qiymati miqdori;
• hisobga olinmagan işlar qiymati.
Hujjat 9.09.2019 yildan kuçga kirdi.












