Amerika maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden amaldorlar WhatsApp va Telegram messenjerlaridan foydalanmasliklari kerakligini aytdi.
U France Inter radiosiga intervyu berayotgan çoğida jurnalist Fransiya boş vaziri Eduar Filipp WhatsApp, prezident Emmanuel Makron esa Telegram messenjeridan foydalanişini aytdi. Snouden bunga javoban, vazirlarning WhatsApp’dan foydalanişlari «katta xato» ekanligini ta'kidladi. U Facebook kompaniyasi 2014 yildan mazkur ilovaning egasiga aylanganini aytdi.
«Ular turli himoya darajalarini qatlamma-qatlam öçirişadi», - dedi u.
Snoudenning sözlariga köra, bu kompaniyaga zarurat tuğilganda foydalanuvçilarning suhbat va yozişmalari mazmunidan xabardor böliş imkonini beradi.
Şu bilan birga u Telegram borasida ham tanqidiy fikr bildirdi.
«Agarda boş vazir bölsangiz, har ikki dastur öta xavfli», - qayd etdi u.
Ammo Snouden WhatsApp va Telegram SMS-xabarlardan köra xavfsizroq ekanligini e'tirof etdi.
U Signal va Wire messenjerlaridan foydalanişni tavsiya qildi. Snoudenning fikriça, bu ilovalarda şifrlaş ança yaxşi.
Snouden 2013 yilda The Washington Post va The Guardian naşrlariga AQŞ va Britaniya maxsus xizmatlarining internetda kuzatuv olib boriş dasturlari haqidagi maxfiy axborotni bergan. U dastlab Hongkongga, söngra Moskvaga uçib, u yerda Şeremetevo aeroportining tranzit hududida ma'lum vaqt qolişiga töğri kelgan.
Rossiya Snoudenga AQŞga qarşi faoliyatini töxtatişi kerakligi şarti bilan bir yilga boşpana bergan. 2014 yil avgustda u nafaqat Rossiya böylab, balki xorijga sayohat qilişga imkon beruvçi 3 yillik yaşaş huquqini olgan. 2017 yilda uşbu huquq yana 3 yilga uzaytirilib berilgan.












