Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toşkent şahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialining ijroçi direktori tayinlandi.

Boş vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yilning 15 sentabr kuni imzolangan hujjatga köra, Xojiakbar Sultonoviç Daliyev Toşkent şahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialining ijroçi direktori lavozimini egalladi. 

Ma'lumot uçun: Xojiakbar Daliyev Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining Fizika fakulteti dekani bölib işlagan.

“Moskva energetika instituti” (“MEI”) milliy tadqiqot universiteti filiali respublikaning energetika tarmoği uçun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş, oliy ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş maqsadida oçildi.

Filial faoliyatining asosiy yönalişlari quyidagilar:

mamlakatimiz energetika tarmoği uçun ta'lim dasturlari va oliy ta'lim sifatiga qöyiladigan xalqaro talablarga muvofiq yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaş;

zamonaviy ta'lim dasturlari va öqitiş şakllarini işlab çiqiş va joriy etiş, öquv jarayoniga ilğor pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning eng sönggi yutuqlarini tatbiq etiş, öquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş;

energetika, elektrotexnika, issiqlik texnikasi sohasida fundamental, amaliy ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib boriş, elektr jihozlari va tizimlaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş, elektr energetikasi tizimlarining tejamkorligi, işonçliligi va barqarorligini oşirişga yönaltirilgan innovatsion loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;

ilm-fan va ta'lim sifatini, uzluksizligi va uzviyligini oşiriş, jahon ta'limi va ilmiy hamjamiyatiga maqsadli integratsiyalaşuv orqali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, ta'lim, ilmiy-tadqiqot va sanoat işlab çiqariş faoliyatining uzviy integratsiyasi uçun şart-şaroitlar yaratiş;

ta'lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy davlatlarning yetakçi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantiriş va mustahkamlaş;

şartnoma asosida energetika tarmoği taşkilotlarning ehtiyojlarini hisobga olgan va kelişilgan holda talab yuqori bölgan bakalavriat ta'limi yönalişlari (magistratura mutaxassisliklari) böyiça mutaxassislarning malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş.