Toşkent şahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialining tuzilmasi tasdiqlandi.
Filial ijroçi direktoriga, zarur hollarda, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi) bilan kelişgan holda, Filialning tuzilmasiga oliy ta'lim muassasasi uçun belgilangan normativlarga muvofiq xodimlarning umumiy çeklangan soni doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Özbekgidroenergo” AJ “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi) bilan birgalikda ikki oy muddatda Filialda pedagogik va ilmiy salohiyatga ega, yuqori malakali, rus va ingliz tillarini özlaştirgan, axborot texnologiyalarini hamda fan va texnikaning eng sönggi yutuqlarini öquv jarayoniga joriy eta oladigan professor-öqituvçilar tarkibini şakllantiriş çoralarini köradi.
Belgilanişiça, talabalarni tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymati “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi), Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan kelişilgan holda Filial tomonidan tasdiqlanadi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Özbekgidroenergo” AJ:
2020 yil 1 avgustga qadar Filialga berilgan - Toşkent şahar, Olmazor tumani, Qoraqamiş 3-köçasi manzilida joylaşgan bino va inşootlarning, şu jumladan, öquv laboratoriya binolari va sport inşootlarining rekonstruksiya işlarini tugallaş, şuningdek, tölaqonli öquv jarayonini taşkil etiş maqsadida ularni zamonaviy öquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va taşkiliy texnika, öquv va ilmiy adabiyotlar, inventarlar, mebel va boşqa moddiy-texnik vositalar bilan ta'minlaş;
2021 yil 1 avgustga qadar Filial talabalari va öqituvçilari uçun yotoqxona binosi qurilişini tugallaş çoralarini köradilar.








