Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi PQ–4397-son “Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida körsatilgan ayrim talablar notöğri talqin qiliniş holatlari uçramoqda.

Jumladan, yurtimizda işlab çiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun uç foizdan iborat bölgan yiğim avtotransport vositalarini sotib oluvçilar tomonidan avtomobil xarid qilayotgan çoğida avtomobil narxi bilan birga amalga oşirişi lozimligi, buning uçun joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi şartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qöşimça kelişuv imzolanişi hamda xaridor tomonidan mazkur tölov avtomobilni qabul qilib oliş çoğida dilerlik korxonasiga tölanişi kerak haqidagi xabarlar tarqatilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi  PQ–4397-son “Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab yurtimizda işlab çiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan tölanişi belgilangan.

Hozirda amalda bölib turgan tartibga asosan yangi (avval foydalanilmagan) avtotransport vositalarini xarid qilganlik uçun tölov xarid narxidan uç foizdan iborat bölib, avtotransport vositasi Içki işlar vazirligi organlarida röyxatdan ötkazilişida avtotransport vositasi egasi (foydalanuvçi) tomonidan tölanişi lozim.

Ya'ni avval avtomobil xarid qilayotgan avtomobil egasi uşbu avtotransport vositasini içki işlar organlarida röyxatdan ötkazayotganida uç foizlik yiğimni tölab kelgan bölsa, endilikda joriy yil 1 oktyabrdan boşlab mamlakatimizda işlab çiqarilgan avtotransport vositasi xarid qilinganlik uçun uşbu yiğim avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan tölanadigan böldi.

Fuqarolik kodeksiga muvofiq qonunlarda yoki şartnomada boşqaça tartib nazarda tutilgan bölmasa, şartnoma taraflarning kelişuviga muvofiq özgartirilişi va bekor qilinişi mumkin. Şartnoma tuzişga majbur qilişga esa yöl qöyilmaydi.

Şunga köra, şartnomada avtomobil uçun tölanadigan haq miqdorini özgartiriş nazarda tutilmagan bölsa, u holda şartnoma şartlarini bir tomonlama özgartirişga yöl qöyilmaydi. Buning uçun şartnoma böyiça har ikkala tarafning roziligi talab etiladi, şartnoma tuziş burçi qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tanlov asosida diler korxonalar va sotib oluvçilar örtasida tuzilgan şartnomalar tahlili şartnoma narxi faqatgina avtomobilga qöşimça opsiyalar örnatilganda özgarişi mumkinligi belgilanganligini körsatdi.

Yuqoridagilarga köra, 1 oktyabrga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi şartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun uç foizdan iborat bölgan yiğimni dilerlik korxonasiga tölatiş böyiça qöşimça kelişuv tuzişga bölgan bir tomonlama uriniş qonun hujjatlariga ziddir.

T.Azimov,

Adliya vazirligi mas'ul xodimi