Britaniyalik sayyoh va video-bloger Saymon Uilson 6 kun 9 soat va 3 daqiqa içida 50 ming kmga yaqin masofani uçib ötib, dunyoning 7 möjizasini körişga muvaffaq böldi. Bu haqda The Sun naşri xabar berdi. 

U özi bilan sayohatga ikkita futbolka, iç kiyim, sport şimi va fotoqurilma solingan kiçik sumkanigina olgan.

Saymon şu kunlar içida bor-yöği 2 marta – mehmonxona va ğorda tunaşga muvaffaq bölgan. Qolgan vaqt u taksi, samolyotda dam olişga harakat qilgan, aviakompaniyalar taklif qilgan taomlarni yegan.

Saymonning sayohati yakşanba kuni soat 4:45da Mançester aeroportidan boşlangan. U bu yerdan Kolizeyni körgani Rimga uçgan. U Rimda 2 soatça bölib, söngra Misrga uçgan. U 5 soatça mehmonxonada bölib, taksi olib, ehromlar va Sfinksni körgani yöl olgan.

Söngra u Iordaniyaga uçib, u yerda 46 yevroga ğorda bölişga muvaffaq bölgan va Petraga yöl olgan.  

Saymon sayohatining 4-kuni Hindistonga yöl olgan. U yerda Agradagi Toj-Mahal maqbarasigaça taksida 4 soat yöl bosgan. Sayyoh maqbarada bir soatça bölib, söngra Pekinga Buyuk Xitoy devorini köriş uçun jönagan.

6-kuni u Meksikaga mayya hindularining qadimiy şahri Çiçen-Itsani körgani uçgan. Saymon u yerdan Rio-de-Janeyrodagi Iso Masih haykalini körgani jönab, söngra yana vataniga qaytgan. 

“Men agar buni qilib körmaganimda, bunday sayohatni amalga oşiriş mumkinligini bilmagan bölardim. Buni qila olganimga işona olmayapman”, deb aytgan Saymon.

Misrdagi Xeops ehromi bizning kungaça saqlanib qolgan dunyoning 7 möjizasidan biri hisoblanadi. Kolizey, Petra, Toj-Mahal, Buyuk Xitoy devori, Çiçen-Itsa, Iso Masih haykali Perudagi Maçu-Pikçu qadimiy şahri bilan birgalikda dunyoning yangi 7 möjizasiga kiradi.